Diese Präsentation wurde erfolgreich gemeldet.
Die SlideShare-Präsentation wird heruntergeladen. ×

portal.guldu.uz-O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI .ppt

Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Wird geladen in …3
×

Hier ansehen

1 von 17 Anzeige

Weitere Verwandte Inhalte

Aktuellste (20)

Anzeige

portal.guldu.uz-O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI .ppt

  1. 1. GULISTON DAVLAT UNIVERSITETI FILOLOGIYA FAKUTETI 6-12 GURUH TALABASI SAITQULOVA MARG’UBANING O’ZBEK MUMTOZ ADABIYOTI FANIDAN TAYYORLAGAN TAQDIMOTI GULISTON 2012 YIL
  2. 2. Mavzu: IX-XIII asrlar adabiyoti Reja: 1. Turkiy-islomiy adabiyotning vujudga kelishi 2. “Devonu lug’otit turk” qadimgi turkiy adabiy o’rganuvchi ma’ba sifatida.
  3. 3. Tayanch tushunchalar  Mahmud Qоshg’ariy, “Devonu lug’otit turk”, Qоshg’ar, Islom adabiyoti, Abulqosim binni Muhammad Muqtado, Ali Amiriy “Javohir nahv fil lug’oti turk”, Qomusiy olimlar, Al Xorazmiy, Axmad Farg’oniy, Abu Nasr Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino.
  4. 4. Idintiv o’quv maqsadlari  Juda katta xududda islom xalifaligining maydonga kelishi bizga ma’lum  Qomusiy olimlar haqida tushunchalar  Talabalar “Devonu lug’otit turk” asari haqida ma’lumotlar biladi.  Asarning islomiy shariat sohasi ekanligini tasdiqlaydi.
  5. 5. 1-asosiy savolning bayoni: Juda katta xududda islom halifaligining maydonga kelishi, islomiy madaniyatning gullab-yashnashiga keng yo’l ochdi. To’rt yilda Bog’dod shahri qurilib, xalifalikning poytaxtiga aylantirildi. O’ziga xos fanlar akademiyasi bo’lgan “Bayt ul - hikma” (Donishmandlar uyi) va zamonasining eng boy kutubxonasi qurildi. Xalifalik doirasidagi ilm-fan vakillari poytaxtga jalb qilindi. Xalifalikdagi ikkinchi ilmiy-madaniy markaz Damashq (Shom) edi.
  6. 6. Makta-madrasa ta’limi yo’lga qo’yildi. Nafis qog’oz ishlab chiqarish, xattotlik rivojlandi, kitob savdosi avj oldi. Bu o’zgarish birgina poytaxt emas, xalifalikka qarashli barcha joylarga xos edi. Islomning asosida “Qur’on” yotadi. U alloh tarafidan Zamonning eng muhim xususiyatlaridan biri arab tilining Ispaniyadan Qoshqarga qadar bo’lgan, ulkan mintaqada yagona ilmiy tilga aylanishi bo’ldi. Turkistonning yoyilishi o’lka ijtimoiy-siyosiy, madaniy-manaviy hayotida muhim bosqich yasadi.
  7. 7. Davlat va jamiyat islom qonunlari asosida yashashga o’tdi. Undagi tenglik, ozodlik, ilim va marifat g’oyalari Turkiston turmushiga juda katta ta’sir ko’rsatdi. Ayni paytda Turkistonliklar ham islom ravnaqiga juda katta xissa qo’shdilar. Imom Buxoriydan Mahmud Zamaxshariygcha bo’lan allomalar islomning chinakam jahoniy dinga aylanishida buyuk xizmat qildilar. Ilk madrasalar VIII-IX asrlarda faoliyat ko’rsatdi. Allohni ilm bilan tanish mumkinligini, mo’minlarni fan asoslarini egallashga undadi. Shuning uchun ham bu yillar Turkistonda ilm- u fanning shiddat bilan rivojlangan davri bo’ldi. Muhammad payg’amborga mozil qilingan ilohiy kitobdir. Kitobni payg’ambarning kotibi Zayid Ibn Sobid qog’ozga tushirgan. Xalifa Abu Bukir davrida u yaxlit holga keltirilgan. “Qur’on”ning 751 o’rnida “ilm” so’zi tilga olingan. Asrlar davomida davlat va xuquq ishlarida, jamoat axloqini belgilashda “Qur’on” oyatlari qonun darajasida keladi. U ma’lum darajada badiiy asar ham edi.
  8. 8. Islom dinida “Qur’on”dan keyin xadis egallaydi. Pag’ambarimizning hayotlari va diniy axloqiy ko’rsatmalarini o’z ichiga olgan rivoyat xadisdir. Ilmiy xadis bilan shug’ullanish avj oldi. Uning “Musnat”, “Sahih” , “Sunam” degan yo’nalishlari paydo bo’ldi. Bularning eng ishonchli va eng mo’tabari “Sahih” bo’lib, uning asoschisi buyuk vatandoshimiz Abu Abdulloh Muhammad ibn Ismoil al – Buxoriy edi. U 810 yil 21 iyulda Buxoroda dunyoga keldi. 16 yoshida Makkaga borib, Xaj ibodatini ado etadi. Dastlabki asari “At-tarix al kabir” (Buyuk tarix)ning qoralamasini tugatadi.madinadan Basraga, undan Kufaga nihoyat Bog’dodga boradi. Imom Buxoriy o’z hayoti davomida 20 ga yaqin asar yozga, ular orasida eng mashxuri “Jomiy as sahih” nomli to’rt qisimdan iborat xadislar to’plamidir. Mutaxasislar “Jomiy as sahih” to’plamiga kirgan 7397 xadisdan olim yod bilgan 6000 xadisni tanlab olganini qayd etadilar. Mazkur kitob islom olamida “Qur’on”dan keyingi mavqeyga egadir. Asar XX asrning 90-yillarida o’zbek tiliga tarjima qilinib, to’rt jildi nashir etilgan.
  9. 9. Qomusiy olimlar – Ilimning bir necha sahasida bir varakayiga ulkan kashfiyotlar qilgan kishilardir. To’liq ismi Abu Abdullox Muhammad ibn Muso al Xorazmiy (780-850) buyuk matematik Bog’doddagi “Bayt ul - xikma”ning dovruqli allomalaridan. Olimning matematikaga oid “Al-jabr” va “Al-muqobala” kitobidagi “aljabr” so’zi bugungi algebra faniga asos bo’lgan. “Algaritm”, “Logorifm” istloxlari esa olimning taxallusi “Al- Xorazmiy”dan olingan. Uning “Xisob al-xind” , “Kitob surat al-art” (Erning surati haqidagi kitob)i bor.
  10. 10. Ahmad Farg’oniy (797-865) Farg’onalik qomusiy olim. Astronom, geografiya, matematika, tirigonometriyaning asoschilaridan biri. Quyosh tutilishini oldindan asoslab bergan olim. Yerning dumaloqligini ilmiy jihatdan isbot qilgan, meridian uzunligini asoslagan. Nil daryosining oqimini o’lchaydigan “Miqyos al-jadid” nomli asbob yasagan. Olimning “Javomiy ilm an-nujum val harakat as-samoviya” (Yulduzlar ilmi va samovi harakatlar haqida to’plam) ngomli asari XII asrda lotin tiliga, XIII asrda boshqa yovropa tillariga tarjima qilingan. U Evropada “Al-fraganus” nomi bilan shuxrat topdi.
  11. 11. Abu Nasr Forobiy (873-950). Xozirgi janubiy Qozog’iston viloyatining Temurlang shaharchasida tug’ilgan. Ko’proq ijtimoiy- falsafiy fanlar bilan shug’ullangan. Qodimgi Yunon falsafasini chuqur o’rgangan. Chiqishda “Arastuyi soniy” (Ikkinchi Aristotel), “Muallimi soniy” (Ikkinchi muallim) nomlari bilan shuxrat topgan. Olimning 70 dan ortiq tilni ilganligini naql qiladilar. Qonun nomli soz yasaganligi haqida rivyatlar bor. Mutaffakkr ijodiy umri davomida 160 dan ortiq asar yozgan. Musiqa haqida kitobi “Kitob ul-musiqa al kabr” (Musiqa haqida katta kitob) deb nomlanadi. Arastu (Aristotel), Aflotun (Platun), Uqlidus (Evklit), Batlinus (Ptolomiy) asrlariga ko’plab sharxlar yozgan. “Fozil shahar kishilar” haqidagi falsafiy asari buyuk olimning komil inson va mukammal jamiyat haqidagi dardli o’ylaridan iboratki.
  12. 12. Abu Rayxon Beruniy (973-1048) Xorazmning Kat shahrida tug’ilgan. “Berun” tashqari, chet degani. Olim 152 ta asar yozgan. Dunyoda birinchi bo’lib, globus yasagan olim. Algebra, geometriya, geografiya, trigonometriya, astronometriya kabi fanlarda ko’plab kashfiyotlar qilgan. Beruniy olamning markazi quyosh, boshqa sayyoralar uning atrofida aylanadi deguvchi gilio sentristik qarashni ilgari suradi. Abu Abi ibn Sino (980-1037). To’liq ismi Abu Ali Xusayin ibn Abdullox ibn Sino. Ibin Sino jahon ilm- fanining barmoq bilan sanaladigan dohiylaridan biri. Uning tibbiyotga doir kitoblari Evropa universitetlarida 600 yildan ko’proq vaqt davomida asosiy darslik vazifasini bajarib kelgan.
  13. 13. 20 yoshida zamonasining eng buyuk olimi Abu RAyxon Beruniy bilan yozishmalar qildi. Ibn Sino umri davomida 280 dan ortiq asar yozgan.shundan 160 tasi etib kelgan. Ilmiy merosning salmoqli qismini uning tibbiyotga doir asarlari egallaydi. Ulardan eng mashxuri “Al-Qonun fi-t-tib” (Tib qonunlari) kitobidir. Qonundan keyingi turuvchi eng muhim asari “Al-manzuma-fi-t-tib” (Tibda nazmiy asar)dir. Uni tibbiy doston, o’rjoza ham deydilar. “O’rjoza” degani asarning aruz vaznida, rajaz baxrida yozilganligini anglatadi. Eng mashxur asarlaridan biri “Kitbo ush-shifo”, adabiyotshunos sifatida “Fann ash-she’r” (She’r ilmi) degan asar yozib qoldirgan. Uning “Kitbo ush-shifo”ga kirgan asarldarida musiqa va she’rning bir-biriga ta’siri, jumladan vazn va ritm masalalari, she’riy janrlar tilga olinadi. Aruz vazni atroflicha tahlil qilinadi. U fors tilida ruboiy janrini boshlab bergan shoirdir.
  14. 14. 2-asosiy savolning bayoni Mahmud Qoshg’oriyning hayoti haqida juda oz ma’lumotga egamiz. Uning tuliq simi Mahmud inb Ul Xusayn ibn Muhammad – Al Qoshg’ariy. Mahmud Qoshg’oriyning tug’ilgan yili aniq emas, lekin “Devoni” ning oxirida bu kitob umrining oxirida etkazganini quyidagi misrada bayon qiladi. “Kuchandi bilagim, yeg’uvdi tilagim, Tilandi bilagim, tegrab angar jartilur.” “Devonu - lug’otit turk” asari esa xijriy 469 - yilda yozilgan. (milodiy 1076-1077). Xoshimiylar sulolasidan, Abbosiylar avlodidan bo’lgan Abulqosim binni Muhammad Muqtadoga armug’on qilingan. Asarning yozilish tarixi lug’atda shunday bayon qilingan. “Nok yili” Turklarning 12 yil nomlarining biridir. Bu kitobning yozilgan yili Nok yili edi.
  15. 15. Lug’at yozilganda muallifning keksayib qolganligini xisobga olsak, u XI asr boshlarida tug’ilgan deb hisoblash mumkin. “Devonu-lug’otit turk” asari 1915-1917 yillarda 3 tomlik kitob holida Istombulda nashr etildi. Bu kitob nemis sharqshunosi Brokkelman tomonidan 1928 yilda nemis tiliga tarjima etilib, Leypsikda bosib chiqarildi. Bosim Atalay Usmonli turk tiliga tarjima qilib, 1939 yilda Anqarada chop etdi. Mushxur shurqshunos olim Solih Muttalibov tomonidan o’zbek tiliga tarjimi qilinib, 1960-1963 yillarda Toshkentda nashr qilindi. Solih Muttalibov ta’kidlaganidek Mahmud Qoshg’oriy yaratgan “Devonu-lug’otit turk” asari faqat o’sha davr uchungina katta voqea bo’lib qolmay bugungi turkologiya fani uchun o’z qimmatini saqlab kelmoqda. U haqli ravishda turkologiya fanining asoschisi hisoblanadi.
  16. 16. Afsuski, ana shunday buyuk tilshunosning ilmiy merosidan jahon ilmiy jamoatchiligi asrimiz boshlariga qadar bebaxra bo’lib keldilar, chunki bu davrgacha Mahmud Qoshg’oriyning hayoti va uning “Devonu-lug’otit turk” asari haqida ma’lumot yo’q edi. Arab fani shuxratini yoyishga sabab bo’lgan bibliografik va biografik asarlarida ham, Xo’ja Halfa lug’atilan boshqa birortasida bu olim haqida ma’lumot berilmadi. Faqat 1914 yilda Turkiyaning Diyorbakr shahrida istiqomat qiluvchi Al Amriy tomonidan tasodif tufayli Mahmud Qoshg’oriyning “Devoni” topilib, lingvistika tarixida mo’jiza ro’y berdi. Chunki bu asar tilshunoslikning juda ko’p sohalarini qamrab olgan qomusiy asar edi.
  17. 17. Adabiyotlar ro’yhati. 1. R.J.Vohidov, H.P.Eshonqulov “O’zbek mumtoz adabiyoti tarixi” O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Adabiyot jamg’armasi nashriyoti. Toshkent-2006 2. N.Nurmonov “O’zbek tilshunosligi tarixi” Fan nashriyoti. Toshkent – 2000

×