SlideShare ist ein Scribd-Unternehmen logo
1 von 20
O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instuti
Aniq va tabiiy jismoniy madaniyati fakulteti
Tabiiy fanlar kafedrasi 146-guruh talabasi
Boltaboyeva Maysaraning
“Tuproqlar geografiyasi” fanidan
“Tuproq boniteti” mavzusida tayyorlagan
taqdimoti
REJA
1. Kirish.
2. «Tuproq bonitetini» nima.
3. «Tuproq boniteti» o’rganilish tarixi
KIRISH
O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga yerishishi, mustaqil davlat deb e’lon
qilinishi va huquqiy jamiyat qurishi, o‘z hududida Yer munosabatlarini tartibga
solishda va rivojlantirishda to‘la mustaqillikka yerishganligi, uning yyerlardan
oqilona foydalanish, meliorativ holatini yaxshilash va muhofaza qilishning
huquqiy asosini yaratish va takomillashtirishning imkonini beradi.
Mamlakatimizda agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash
maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston
Respublikasi “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri” qonunlari, Vazirlar
Mahkamasining 2000 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Yer monitoringi
to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa hujjatlarda yer munosabatlarini huquqiy
asosida rivojlantirish va tartibga solish, yyerlardan oqilona foydalanish,
unumdorligini saqlash, oshirish, yer tuzish ishlarini olib borish, yerning sifat
bahosi, qiymat bahosini aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho berishga va
hokazolarga qaratilgan.
«Tuproq bonitetini» nima.
Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narhini
aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab
chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ham bir fermer va
shirkat xо‘jaligidagi yerlarning kadastri va bonitirovkasi
ishlab chiqiladi. Bunda tuproq bahosini ishlab chiqish, ichki
imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari,
kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va
kо‘p yillar mobaynida olingan hosil e’tiborga olinadi.
Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni
muhofaza qilish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy
mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib
kelayotgan yosh kadrlarning asosiy xalqimizning
asosiy boyligi bо‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi
bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb
masalalaridan biridir.
.
Mamlakat Yer resurslarining miqdori va sifatini hisobga
olish, shuningdek, bir viloyat, tuman, xo‘jalik yerlarini
boshqa viloyat, tuman xo‘jalik yerlariga taqqoslash - Davlat
kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Yerlarni baholash ikki turi bo‘yicha farqlanadi: xususiy va
umumiy. Xususiy baholashda ayrim ekinlar uchun tuproq
boniteti o‘tkaziladi. Chunki, ba’zi ekinlar uchun unumdor
bo‘lgan tuproqlar boshqa ekinlar uchun yaroqsiz
hisoblanadi. Masalan, sholi va kartoshka ekinini ko‘raylik,
sholi uchun mexanik tarkibi o‘gir bo‘lgan, suvni sekin
o‘tkazadigan tuproqlarni yoqtirsa, kartoshka uchun esa
mexanik tarkibi yengil bo‘lgan, ayeratsiyasi yaxshi bo‘lgan
tuproqlar ma’qul hisoblanadi. Umumiy baholashda esa
umumiy ekin strukturasi uchun yerlar baholanadi.
V.V.Dokuchayev tuproqlarni bonitetini aniqlashda eng avvalo shu
tuproqning o‘zidagi tabiiy xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish kerak,
shundan so‘nggina ularning nisbiy bahosini ishlab chiqish, ya’ni bonitirovka
o‘tkazish kerak deb hisoblagan. Bu ma’lumotlar tuproqshunoslik, tuproq
geografiyasi, meliorativ tuproqshunoslik, tuproqni xaritalash fanlari bilan
aloqadadir.
Tuproqlar bonitetining asosiy maqsadlaridan biri tuproq unumdorligini
ballar bilan o‘lchash, tuproqlar genetik ishlab chiqarish tasnifi bahosini
tuzishdan iborat. Bunday maxsus tasniflar tuproqlarning o‘z tabiiy
unumdorlik qobiliyati bo‘yicha boshqa tuproqlardan yaxshi yoki
yomonligini, ya’ni tuproqlarning sifatiga qarab taqqoslash imkonini byeradi.
Tuproqlar boniteti vazifalari quyidagilardan iborat:
1. Respublika, viloyat, tuman, fyermyer va dehqon xo‘jaligi tuproqlarining unumdorligi
(mahsuldorligi) bo‘yicha taqqoslash va guruhlash;
2. Har xil qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ko‘proq, qulayroq tuproq va yyerlarni aniqlash, (ya’ni paxta,
g‘alla, kartoshka, kanop va boshqa ekinlar uchun) maxsus tuproqlar bonitirovkasini o‘tkazish;
3. Viloyat, tuman, xo‘jalik, alohida olingan brigada, maydon va hakazo tuproq qoplami uchun ishlab
chiqarish bahosini byerish;
4. Tabiiy sharoitni hisobga olib, har xil viloyat, tuman, xo‘jaliklarni, brigadalarni tuproq iqlim
sharoitini hisobga olgan holda xo‘jalik faoliyatini obyektiv baholash va foydalanilmagan resurslarni
aniqlash;
5. Tabiiy sharoitni hisobga olib, qishloq xo‘jaligini yuritishni (yo‘lga qo‘yishni) oqilona tizimlarini
to‘g‘ri joriy qilishga yordam byerish. Ekinlarni joylashtirish, xo‘jalikni ixtisoslashtirish va boshqalar
xo‘jalik ichida Yer tuzishni amalga oshirishga yordam byerish;
6. Har xil tuproqlarda hosildorlikni ko‘tarish bo‘yicha to‘g‘ri tadbirlarni belgilash va ishlab chiqarish
rejalarini tuzishga yordam byerish.
TUPROQ BONITETINING TARIXI, O‘RGANISH OBYEKTI, USULI VA
RAVNAQI
Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya Fanlar Akademiyasining geografiya
departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda
departament tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan. M.V.Lomonosov qayinzorlar
tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda
yangilanishini keltirdi. Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi.
M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi sifatida gilli qora tuproq, toshli, o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni
ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Yerkin iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi
dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi usullarini ishlab chiqish, yyerlarni
sifatini o‘rganish edi.
XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida
boshlandi. Kadastr ishlari katta xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq olish
nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga
kelib ushbu komissiya yordamida Rossiyaning 17 gubyerniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu gubyerniyalarga Petyerburg,
Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekatyerinoslavsk, Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar
natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida 1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish
jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi.
Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi.
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARIDAN SAMARALI
VA OQILONA FOYDALANISH
Ohirgi yillarda dunyo miqyosida unumdor tuproq qatlami antropogen ta'sir natijasida
ifloslanayotgani, sho'rlanish va cho'llanish jarayonlari kuchayayotgani, suv va shamol
eroziyasining tuproq unumdor qatlamlari emirilishiga olib kelayotgani, bir qancha
ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bosh omili bo'lishga sabab bo'lmoqda.
Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tuproqdan oqilona foydalanish va uni muqofaza
qilish masalasi iqtisodiy-ijtimoiy jiqatdan katta aqamiyatga molik. Chunki, bunda so'z
insonlar hayoti va salomatligi, shuningdek mamlakat milliy boyligiga ehtiyotkorona
munosabatda bo'lishi, bu masalaning yechimi kelajak avlodning qanday sharoitda
yashashini belgilab beradi. Shunday ekan, bu masalaning yechimi qishloq ho'jaligiga
mo'ljallangan yerlarining holatini doimiy kuzatib borish, aniqlangan salbiy holatlarni
oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish,
muqofaza etish qamda yer resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy
asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan hal etilishi mumkin bo'ladi.
QISHLOQ HO'JALIK YER TURLARINING TAQSIMLANISHI,
MAYDONI, % HISOBIDA
Sug‘oriladigan
ekin yerlari- 12.82
%
Lalmi ekin yerlar-
2.95 %
Ko‘p yillik
daraxtzorlar-
1.49 %
Bo‘z yerlar-
0.31 %
Pichanzorlar va
yaylovlar-
82.44 %
RESPUBLIKA SUG`ORILADIGAN TUPROQLARINING MEHANIK
TARKIBI BO'YICHA TAQSIMLANISHI, MAYDONI FOIZ HISOBIDA
2.5
8.0
23.9
43.6
20.3
1.7
Қумли
Қумлоқли
Енгил қумоқли
Ўрта қумоқли
Оғир қумоқли
Лойли
0 3 6 9 12 15 18 21 24 27 30 33 36 39 42 45 48
Tuproqni
mexanik
tarkibi
bo‘yicha
nomi
Maydoni, % hisobida
RESPUBLIKA HAYDALMA LALMI YERLARINING
EROZIYALANGANLIK DARAZASI MAYDONI, FOIZ HISOBIDA
22
36
17
кучсиз ўртача кучли
RESPUBLIKANI SUG`ORILADIGAN YERLARINI TURLI DARAJADA IRRIGATSIYA
EROZIYASIGA CHALINGAN MAYDONLARI, ming/ga hisobida
297.4
200
66.9
кучсиз ўртача кучли
Tuproq meliorativ holatining yomonlashuviga va unumdorligining pasayishiga sabab bo'luvchi
asosiy omillardan biri tuproqlarning sho'rlanishidir. Respublikamizning lalmikor
dehqonchiligida foydalaniladigan tuproqlar sho'rlanmagan yoki sho'rdan yuvilgan bo'lib, ayrim
regionlardagi bo'z tuproqlar mintaqasining lalmi och tusli bo'z tuproqlari profilining o'rta va
pastki qatlamlarida tuzlarning miqdorini biroz ortishi ya'ni asosan sul'fat sho'rlanish tipidagi
kam sho'rlangan qatlamlar uchraydi.
Sug`oriladigan hududlarda ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi past tekisliklar er osti
sizot suvlarining tabiiy oqimlariga ega emas. Bu erdagi iqlimning quruqligi, atmosfera
yog`ingarchiligini kamligi va bug`lanishining yuqoriligi sababli tuproqlarning ustki qatlamida
suvda tez eruvchan tuzlar yig`ilib qoladi. Sul`fat - xlorid tuzlarining yig`ilishi va sho'rlanish
jarayonining keskinligi qadimdan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buhoro, Navoiy,
Surhondaryo, Qashqadaryo, Jizzah, Sirdaryo viloyatlari sahro va och tusli bo'z tuproqlar
mintaqasida hamda Markaziy Farg`ona hududi tuproqlarida kuzatiladi. Respublikamizda
sug`oriladigan yerlarning qariyb 47,5 foizi turli darajada sho'rlangan bo'lib, shundan kam
sho'rlangan yerlar 31,22 foizni, o'rtacha sho'rlangan yerlar 13,63 foizni va kuchli darajada
sho'rlangan maydonlar esa 2,64 foizni tashkil etadi
SUG`ORILADIGAN YERLARNING SHO'RLANISH DARAJASI,
maydoni foiz hisobida
Sho‘rlanmagan;
52.51
Kuchsiz
sho‘rlangan;
31.22
O‘rtacha
sho‘rlangan;
13.63
Kuchli
sho‘rlangan;
2,64
Qiyin melioratsiyalanuvchi yerlar - shohli, arziqli, gipsli qatlamlari yer yuzasiga yaqin
joylashgan, gumus va oziqa elementlari juda kam, ekinlar hosildorligi hamda tuproqlar
unumdorligi va mahsuldorligi past, ko'p mehnat va mablag` talab etuvchi tuproqlar
maydoni sug`oriladigan va lalmi yer maydonlarida ham kuzatiladi. Haydalma lalmi
tuproqlarning 5,18 foizi u yoki bu darajada gipslashgan bo'lib, shundan o'rtacha
gipslashgan lalmi tuproqlar -3,28 %, kuchsiz gipslashgan -0,93 %, kuchli gipslashgan -
0,97 % ni tashkil etadi va asosan tog` osti yassi tekisliklarini egallagan och tusli bo'z
tuproqlar hududlarida uchraydi. Turli darajali gipslashgan tuproqlar maydoni Sirdaryo,
Jizzah, Navoiy, Buhoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining
ayrim tumanlarida kuzatiladi.
So'ngi yillarda Namangan, Farg`ona, Navoiy va bir qator boshqa viloyatlarda toshloq adir
yerlar o'zlashtirilgan, bu esa mazkur toifadagi sug`oriladigan yerlar maydonining
ko'payishiga olib keldi. Respublika sug`oriladigan qishloq ho'jalik yerlarining 8,85 foizi
turli darajada toshloqli bo'lib, shundan kam tosh aralashgan yerlar 49,0 foizni, o'rtacha tosh
aralashgan yerlar 38,0 foizni va kuchli tosh aralashgan yerlar 13,0 foizni tashkil etadi.
SUG`ORILADIGAN YERLARNING GUMUS BILAN TA’MINLANGANLIK
DARAJASI, maydoni foiz hisobida
0
10
20
30
40
50
60
70
80
0,5-1 1,1-2 2,1-3 > 3
76.6
22.3
1.0 0.02
YAYLOVLARNI BALANDLIK MINTAQALARI BO'YICHA TAQSIMLANISHI,
% hisobida
Cho‘l -
81.7 %
Adir-
13.5 %
Tog‘-
3.3 %
Yaylov-
1.5 %
Boltaboyeva Maysara
Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay!
Imom Buxoriy
E’TIBORINGIZ
UCHUN RAHMAT!

Weitere ähnliche Inhalte

Was ist angesagt?

Bai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-bao
Bai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-baoBai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-bao
Bai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-baophongvan0108
 
production technology on leafy vegetables by MD. RAMAJN
production technology on leafy vegetables by MD. RAMAJNproduction technology on leafy vegetables by MD. RAMAJN
production technology on leafy vegetables by MD. RAMAJNmohammad ramjan
 
Evolution of APMC supply chain
Evolution of APMC supply chainEvolution of APMC supply chain
Evolution of APMC supply chainBalaji Ramadurai
 
EFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPS
EFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPSEFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPS
EFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPSAmanDohre
 
Agricultural subsidies in india boon or curse
Agricultural subsidies in india boon or curseAgricultural subsidies in india boon or curse
Agricultural subsidies in india boon or curseCol Mukteshwar Prasad
 
PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY)
PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY) PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY)
PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY) ManikandanS177
 
Low tunnel technology in cucurbits
Low tunnel technology in cucurbitsLow tunnel technology in cucurbits
Low tunnel technology in cucurbitsNeha Verma
 
Agribusiness policies in india
Agribusiness policies in indiaAgribusiness policies in india
Agribusiness policies in indiaFinOnseT
 

Was ist angesagt? (11)

Bai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-bao
Bai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-baoBai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-bao
Bai19. tao giong-bang-pp-gay-dot-bien-va-cong-nghe-te-bao
 
production technology on leafy vegetables by MD. RAMAJN
production technology on leafy vegetables by MD. RAMAJNproduction technology on leafy vegetables by MD. RAMAJN
production technology on leafy vegetables by MD. RAMAJN
 
Evolution of APMC supply chain
Evolution of APMC supply chainEvolution of APMC supply chain
Evolution of APMC supply chain
 
Lead bank scheme
Lead bank schemeLead bank scheme
Lead bank scheme
 
Plantation and horticulture
Plantation and horticulturePlantation and horticulture
Plantation and horticulture
 
EFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPS
EFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPSEFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPS
EFFECT OF DIFFERENT CANOPY TYPE ON PRODUCTION AND QUALITY OF FRUIT CROPS
 
Coconut Development Board
Coconut Development BoardCoconut Development Board
Coconut Development Board
 
Agricultural subsidies in india boon or curse
Agricultural subsidies in india boon or curseAgricultural subsidies in india boon or curse
Agricultural subsidies in india boon or curse
 
PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY)
PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY) PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY)
PM Kisan Samman Nidhi Yojana Registration (PMKSNY)
 
Low tunnel technology in cucurbits
Low tunnel technology in cucurbitsLow tunnel technology in cucurbits
Low tunnel technology in cucurbits
 
Agribusiness policies in india
Agribusiness policies in indiaAgribusiness policies in india
Agribusiness policies in india
 

Kürzlich hochgeladen

Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptx
Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptxInvestitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptx
Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptxeuneuphoria
 
4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx
4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx
4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptxasatullayevjavohir45
 
O'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptx
O'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptxO'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptx
O'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptxeuneuphoria
 
Steganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptx
Steganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptxSteganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptx
Steganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptxasatullayevjavohir45
 
Ichak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptx
Ichak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptxIchak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptx
Ichak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptxeuneuphoria
 
Amalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptx
Amalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptxAmalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptx
Amalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptxasatullayevjavohir45
 
fayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptx
fayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptxfayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptx
fayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptxozodafayziyeva7
 

Kürzlich hochgeladen (7)

Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptx
Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptxInvestitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptx
Investitsiya tovarlariga talabining yalpi talabdagi o'rni..pptx
 
4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx
4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx
4-Amalda qo‘llanilayotgan steganografiya ilovalari.pptx
 
O'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptx
O'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptxO'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptx
O'zbekiston Respublikasida iste'mol va jamg'arish jarayonlari xususiyatlari.pptx
 
Steganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptx
Steganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptxSteganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptx
Steganografik algoritmlarning tahlillash usullari..pptx
 
Ichak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptx
Ichak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptxIchak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptx
Ichak infeksiyalari. Ovqatdan bo’ladigan toksikoinfeksiyalar..pptx
 
Amalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptx
Amalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptxAmalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptx
Amalda qo‘llanilayotgan watermarking ilovalari.pptx
 
fayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptx
fayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptxfayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptx
fayziyeva o tavakkalchilik va noaniqlik.pptx
 

tuproq boniteti.pptx

  • 1. O’zbekiston-Finlandiya pedagogika instuti Aniq va tabiiy jismoniy madaniyati fakulteti Tabiiy fanlar kafedrasi 146-guruh talabasi Boltaboyeva Maysaraning “Tuproqlar geografiyasi” fanidan “Tuproq boniteti” mavzusida tayyorlagan taqdimoti
  • 2. REJA 1. Kirish. 2. «Tuproq bonitetini» nima. 3. «Tuproq boniteti» o’rganilish tarixi
  • 3. KIRISH O‘zbekiston Respublikasi istiqlolga yerishishi, mustaqil davlat deb e’lon qilinishi va huquqiy jamiyat qurishi, o‘z hududida Yer munosabatlarini tartibga solishda va rivojlantirishda to‘la mustaqillikka yerishganligi, uning yyerlardan oqilona foydalanish, meliorativ holatini yaxshilash va muhofaza qilishning huquqiy asosini yaratish va takomillashtirishning imkonini beradi. Mamlakatimizda agrar sohada islohotlarni huquqiy jihatdan ta’minlash maqsadida bir qancha qonunlar qabul qilindi. Shu jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Yer kodeksi”, “Davlat Yer kadastri” qonunlari, Vazirlar Mahkamasining 2000 yildagi O‘zbekiston Respublikasi “Yer monitoringi to‘g‘risida”gi nizomi va boshqa hujjatlarda yer munosabatlarini huquqiy asosida rivojlantirish va tartibga solish, yyerlardan oqilona foydalanish, unumdorligini saqlash, oshirish, yer tuzish ishlarini olib borish, yerning sifat bahosi, qiymat bahosini aniqlash, xo‘jalik faoliyatiga baho berishga va hokazolarga qaratilgan.
  • 4. «Tuproq bonitetini» nima. Hozirgi paytda tuproqning unumdorligini baholash, narhini aniqlash maqsadida tuproq boniteti va kadastri ishlab chiqilgan. Uni amalga oshirish uchun ham bir fermer va shirkat xо‘jaligidagi yerlarning kadastri va bonitirovkasi ishlab chiqiladi. Bunda tuproq bahosini ishlab chiqish, ichki imkoniyatlaridan, meliorativ holati, suv-fizik xossalari, kimyoviy tarkibi, oziq moddalar miqdori, ekologik holati va kо‘p yillar mobaynida olingan hosil e’tiborga olinadi.
  • 5. Tuproq qoplamining unumdorligini oshirish va uni muhofaza qilish xalq farovonligining asosiy iqtisodiy mezonidir. Shuning uchun mamlakatimizda yetishib kelayotgan yosh kadrlarning asosiy xalqimizning asosiy boyligi bо‘lgan ona tuprog‘imiz haqidagi bilimlarini yanada oshirish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biridir.
  • 6. . Mamlakat Yer resurslarining miqdori va sifatini hisobga olish, shuningdek, bir viloyat, tuman, xo‘jalik yerlarini boshqa viloyat, tuman xo‘jalik yerlariga taqqoslash - Davlat kadastrining asosiy vazifasi hisoblanadi. Yerlarni baholash ikki turi bo‘yicha farqlanadi: xususiy va umumiy. Xususiy baholashda ayrim ekinlar uchun tuproq boniteti o‘tkaziladi. Chunki, ba’zi ekinlar uchun unumdor bo‘lgan tuproqlar boshqa ekinlar uchun yaroqsiz hisoblanadi. Masalan, sholi va kartoshka ekinini ko‘raylik, sholi uchun mexanik tarkibi o‘gir bo‘lgan, suvni sekin o‘tkazadigan tuproqlarni yoqtirsa, kartoshka uchun esa mexanik tarkibi yengil bo‘lgan, ayeratsiyasi yaxshi bo‘lgan tuproqlar ma’qul hisoblanadi. Umumiy baholashda esa umumiy ekin strukturasi uchun yerlar baholanadi.
  • 7. V.V.Dokuchayev tuproqlarni bonitetini aniqlashda eng avvalo shu tuproqning o‘zidagi tabiiy xususiyatlarini har tomonlama o‘rganish kerak, shundan so‘nggina ularning nisbiy bahosini ishlab chiqish, ya’ni bonitirovka o‘tkazish kerak deb hisoblagan. Bu ma’lumotlar tuproqshunoslik, tuproq geografiyasi, meliorativ tuproqshunoslik, tuproqni xaritalash fanlari bilan aloqadadir. Tuproqlar bonitetining asosiy maqsadlaridan biri tuproq unumdorligini ballar bilan o‘lchash, tuproqlar genetik ishlab chiqarish tasnifi bahosini tuzishdan iborat. Bunday maxsus tasniflar tuproqlarning o‘z tabiiy unumdorlik qobiliyati bo‘yicha boshqa tuproqlardan yaxshi yoki yomonligini, ya’ni tuproqlarning sifatiga qarab taqqoslash imkonini byeradi.
  • 8. Tuproqlar boniteti vazifalari quyidagilardan iborat: 1. Respublika, viloyat, tuman, fyermyer va dehqon xo‘jaligi tuproqlarining unumdorligi (mahsuldorligi) bo‘yicha taqqoslash va guruhlash; 2. Har xil qishloq xo‘jalik ekinlari uchun ko‘proq, qulayroq tuproq va yyerlarni aniqlash, (ya’ni paxta, g‘alla, kartoshka, kanop va boshqa ekinlar uchun) maxsus tuproqlar bonitirovkasini o‘tkazish; 3. Viloyat, tuman, xo‘jalik, alohida olingan brigada, maydon va hakazo tuproq qoplami uchun ishlab chiqarish bahosini byerish; 4. Tabiiy sharoitni hisobga olib, har xil viloyat, tuman, xo‘jaliklarni, brigadalarni tuproq iqlim sharoitini hisobga olgan holda xo‘jalik faoliyatini obyektiv baholash va foydalanilmagan resurslarni aniqlash; 5. Tabiiy sharoitni hisobga olib, qishloq xo‘jaligini yuritishni (yo‘lga qo‘yishni) oqilona tizimlarini to‘g‘ri joriy qilishga yordam byerish. Ekinlarni joylashtirish, xo‘jalikni ixtisoslashtirish va boshqalar xo‘jalik ichida Yer tuzishni amalga oshirishga yordam byerish; 6. Har xil tuproqlarda hosildorlikni ko‘tarish bo‘yicha to‘g‘ri tadbirlarni belgilash va ishlab chiqarish rejalarini tuzishga yordam byerish.
  • 9. TUPROQ BONITETINING TARIXI, O‘RGANISH OBYEKTI, USULI VA RAVNAQI Rossiya tuproq qoplamini o‘rganishda XVIII asrda tashkil etilgan Rossiya Fanlar Akademiyasining geografiya departamenti alohida ahamiyat kasb etadi. Buyuk olim M.V.Lomonosov ushbu departamentni boshqargan edi. Bu davrda departament tomonidan joylardan ma’lumotlar to‘plash uchun maxsus savolnomalar tuzilgan. M.V.Lomonosov qayinzorlar tagidagi tuproqlarni boy tuproqlar deb baholadi, bunga sabab tariqasida ularni barglarini kuzda to‘kilishi va bahorda yangilanishini keltirdi. Yerga tushgan barglar yil davomida chirib organik moddaga aylanishini aytdi. M.I. Afonin 1771 yilda tuproqlarni tasnifi sifatida gilli qora tuproq, toshli, o‘rmon, botqoq, yong‘oqsimon qora tuproqlarni ajratdi. Rossiyada 1765 yili "Yerkin iqtisodiy uyushma" tashkil etiladi. Bu uyushma vazifasi o‘z zamonasidagi dehqonchilik, iqtisod sohasidagi yangiliklarni to‘plash va aholiga etkazishni yangi usullarini ishlab chiqish, yyerlarni sifatini o‘rganish edi. XIX asrning birinchi yarmida dastlabki ro‘yxatga olish ishlari davlat tomonidan soliqlarni barobarlash maqsadida boshlandi. Kadastr ishlari katta xarajatlarni talab qildi. Bu xarajatlarni qoplash uchun dehqonlardan qo‘shimcha soliq olish nazarda tutildi. 1842 yilga kelib joylarda kadastr komissiyalari tuzildi, bu komissiya turli so‘rovlar o‘tkazdi. Bu vaqtlarga kelib ushbu komissiya yordamida Rossiyaning 17 gubyerniyasida kadastr ishlari o‘tkazildi. Bu gubyerniyalarga Petyerburg, Voronej, Penza, Tambov, Tula, Ryazan, Orlovsk, Kursk, Moskva, Yekatyerinoslavsk, Pskov va boshqalar kiradi. Bu ishlar natijasida 1851 yili Veselovskiy rahbarligida 1:8400000 masshtabda Rossiyaning tuproq xaritasi tuzildi. Bu xaritaga va ish jarayoniga Dokuchayev yuqori baho berdi. Shunday qilib Rossiyada Yer kadastri ayni vaqtda tuproqlar geografiyasi va tuproqlarni xaritalash kabi fanlarga asos soldi.
  • 10. O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI YER RESURSLARIDAN SAMARALI VA OQILONA FOYDALANISH Ohirgi yillarda dunyo miqyosida unumdor tuproq qatlami antropogen ta'sir natijasida ifloslanayotgani, sho'rlanish va cho'llanish jarayonlari kuchayayotgani, suv va shamol eroziyasining tuproq unumdor qatlamlari emirilishiga olib kelayotgani, bir qancha ijtimoiy va iqtisodiy muammolarni bosh omili bo'lishga sabab bo'lmoqda. Hozirgi bozor iqtisodiyoti sharoitida tuproqdan oqilona foydalanish va uni muqofaza qilish masalasi iqtisodiy-ijtimoiy jiqatdan katta aqamiyatga molik. Chunki, bunda so'z insonlar hayoti va salomatligi, shuningdek mamlakat milliy boyligiga ehtiyotkorona munosabatda bo'lishi, bu masalaning yechimi kelajak avlodning qanday sharoitda yashashini belgilab beradi. Shunday ekan, bu masalaning yechimi qishloq ho'jaligiga mo'ljallangan yerlarining holatini doimiy kuzatib borish, aniqlangan salbiy holatlarni oldini olish va oqibatlarini bartaraf etish, tuproq unumdorligini saqlash va oshirish, muqofaza etish qamda yer resurslaridan samarali foydalanish bo'yicha ilmiy asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish bilan hal etilishi mumkin bo'ladi.
  • 11. QISHLOQ HO'JALIK YER TURLARINING TAQSIMLANISHI, MAYDONI, % HISOBIDA Sug‘oriladigan ekin yerlari- 12.82 % Lalmi ekin yerlar- 2.95 % Ko‘p yillik daraxtzorlar- 1.49 % Bo‘z yerlar- 0.31 % Pichanzorlar va yaylovlar- 82.44 %
  • 12. RESPUBLIKA SUG`ORILADIGAN TUPROQLARINING MEHANIK TARKIBI BO'YICHA TAQSIMLANISHI, MAYDONI FOIZ HISOBIDA 2.5 8.0 23.9 43.6 20.3 1.7 Қумли Қумлоқли Енгил қумоқли Ўрта қумоқли Оғир қумоқли Лойли 0 3 6 9 12 15 18 21 24 27 30 33 36 39 42 45 48 Tuproqni mexanik tarkibi bo‘yicha nomi Maydoni, % hisobida
  • 13. RESPUBLIKA HAYDALMA LALMI YERLARINING EROZIYALANGANLIK DARAZASI MAYDONI, FOIZ HISOBIDA 22 36 17 кучсиз ўртача кучли
  • 14. RESPUBLIKANI SUG`ORILADIGAN YERLARINI TURLI DARAJADA IRRIGATSIYA EROZIYASIGA CHALINGAN MAYDONLARI, ming/ga hisobida 297.4 200 66.9 кучсиз ўртача кучли
  • 15. Tuproq meliorativ holatining yomonlashuviga va unumdorligining pasayishiga sabab bo'luvchi asosiy omillardan biri tuproqlarning sho'rlanishidir. Respublikamizning lalmikor dehqonchiligida foydalaniladigan tuproqlar sho'rlanmagan yoki sho'rdan yuvilgan bo'lib, ayrim regionlardagi bo'z tuproqlar mintaqasining lalmi och tusli bo'z tuproqlari profilining o'rta va pastki qatlamlarida tuzlarning miqdorini biroz ortishi ya'ni asosan sul'fat sho'rlanish tipidagi kam sho'rlangan qatlamlar uchraydi. Sug`oriladigan hududlarda ayniqsa, Amudaryo va Sirdaryo havzalaridagi past tekisliklar er osti sizot suvlarining tabiiy oqimlariga ega emas. Bu erdagi iqlimning quruqligi, atmosfera yog`ingarchiligini kamligi va bug`lanishining yuqoriligi sababli tuproqlarning ustki qatlamida suvda tez eruvchan tuzlar yig`ilib qoladi. Sul`fat - xlorid tuzlarining yig`ilishi va sho'rlanish jarayonining keskinligi qadimdan Qoraqalpog`iston Respublikasi, Xorazm, Buhoro, Navoiy, Surhondaryo, Qashqadaryo, Jizzah, Sirdaryo viloyatlari sahro va och tusli bo'z tuproqlar mintaqasida hamda Markaziy Farg`ona hududi tuproqlarida kuzatiladi. Respublikamizda sug`oriladigan yerlarning qariyb 47,5 foizi turli darajada sho'rlangan bo'lib, shundan kam sho'rlangan yerlar 31,22 foizni, o'rtacha sho'rlangan yerlar 13,63 foizni va kuchli darajada sho'rlangan maydonlar esa 2,64 foizni tashkil etadi
  • 16. SUG`ORILADIGAN YERLARNING SHO'RLANISH DARAJASI, maydoni foiz hisobida Sho‘rlanmagan; 52.51 Kuchsiz sho‘rlangan; 31.22 O‘rtacha sho‘rlangan; 13.63 Kuchli sho‘rlangan; 2,64
  • 17. Qiyin melioratsiyalanuvchi yerlar - shohli, arziqli, gipsli qatlamlari yer yuzasiga yaqin joylashgan, gumus va oziqa elementlari juda kam, ekinlar hosildorligi hamda tuproqlar unumdorligi va mahsuldorligi past, ko'p mehnat va mablag` talab etuvchi tuproqlar maydoni sug`oriladigan va lalmi yer maydonlarida ham kuzatiladi. Haydalma lalmi tuproqlarning 5,18 foizi u yoki bu darajada gipslashgan bo'lib, shundan o'rtacha gipslashgan lalmi tuproqlar -3,28 %, kuchsiz gipslashgan -0,93 %, kuchli gipslashgan - 0,97 % ni tashkil etadi va asosan tog` osti yassi tekisliklarini egallagan och tusli bo'z tuproqlar hududlarida uchraydi. Turli darajali gipslashgan tuproqlar maydoni Sirdaryo, Jizzah, Navoiy, Buhoro viloyatlarida, shuningdek, Qoraqalpog`iston Respublikasining ayrim tumanlarida kuzatiladi. So'ngi yillarda Namangan, Farg`ona, Navoiy va bir qator boshqa viloyatlarda toshloq adir yerlar o'zlashtirilgan, bu esa mazkur toifadagi sug`oriladigan yerlar maydonining ko'payishiga olib keldi. Respublika sug`oriladigan qishloq ho'jalik yerlarining 8,85 foizi turli darajada toshloqli bo'lib, shundan kam tosh aralashgan yerlar 49,0 foizni, o'rtacha tosh aralashgan yerlar 38,0 foizni va kuchli tosh aralashgan yerlar 13,0 foizni tashkil etadi.
  • 18. SUG`ORILADIGAN YERLARNING GUMUS BILAN TA’MINLANGANLIK DARAJASI, maydoni foiz hisobida 0 10 20 30 40 50 60 70 80 0,5-1 1,1-2 2,1-3 > 3 76.6 22.3 1.0 0.02
  • 19. YAYLOVLARNI BALANDLIK MINTAQALARI BO'YICHA TAQSIMLANISHI, % hisobida Cho‘l - 81.7 % Adir- 13.5 % Tog‘- 3.3 % Yaylov- 1.5 %
  • 20. Boltaboyeva Maysara Ilmdan boshqa najot yo'q va bo'lmagay! Imom Buxoriy E’TIBORINGIZ UCHUN RAHMAT!