SlideShare a Scribd company logo
1 of 15
Amir Temur
1. Tarjimai holi
2. Amir Temurning koʻtarilishi
3. Oq Oʻrda bilan jang
4. Mogʻulistonga yurishi
5. Eron va Kavkazga yurishi
6. Temurning uch yirik yurishlari
Reja:
www.arxiv.uz
Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻoy ibn Amir
Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgiShahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi
(hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) —
oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm-
fan va madaniyat homiysi.
Tarjimai holi
Amir Temurning ota-onasi
Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻoy esa barlos urugʻining
oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari
Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda
bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga
taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi.
www.arxiv.uz
Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, "ulamo va
sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur
erdi...". Taragʻoybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan.
Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻoybek 1360
yilda vafot etgan.
Amir Temurning yoshligi
Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni
oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati
ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq
va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni
saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga
yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda
ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan
inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan
sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va
maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek,
Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib,
birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib
va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan.
Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha
koʻtarilganlar.
www.arxiv.uz
Amir Temurning koʻtarilishi
Chigʻatoy xonligining xaritasi
Siyosiy faoliyatining boshlanishi
Temurning bosib olgan yerlari
Amir Temur oʻzining ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan
ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro
kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy
mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Kashkadaryo vohasiga yoyilgan. Amir
Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli
amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi.
www.arxiv.uz
"Buyuk amir" sifatida saylanishi
14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va
iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda
edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq
tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni
Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga
oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga
suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo
ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370 y. bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga
chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan
Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta
nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy
ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi.
Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan
kengash oʻtkazadi.
Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra,
chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga
oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi-
yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar.
Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng , 1370 yilning 10
apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi.
www.arxiv.uz
Oq Oʻrda bilan jang
Temurning Oltin Oʻrdaga
qarshi 1391 yildagi yurishi
Temurning Oltin Oʻrdaga
qarshi 1395 yildagi yurishi
www.arxiv.uz
Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad.
mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik
oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur
hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan
mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda
hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram
sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontaroj qilardi.
Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini
taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib
bordi. 1370 y. kuzi va 1371 y. bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib,
Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur
hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz
boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining
ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo
bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm
hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371 y. yoz (iyul)ida Kot
shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373 y. bahori va 1375 y. yozida
Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni
Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida
Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va
Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi.
www.arxiv.uz
Amir Temurning Samarqanddagi
maqbarasi
Amir Temur Kichik Osiyodan
Samarqandga qaytgach, 1404 y. 27
noyab.da 200 ming qoʻshin bilan
Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi.
Biroq Xitoy ustiga yurish Amir
Temurning Oʻtrorda vafoti (1405 y. 18
fev.) tufayli amalga oshmay kolli.
Amir Temurning vafoti haqidagi xabar
garchi avvalda sir tutilsada, ammo
koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar
mamlakat boʻylab tarqalib ketadi.
Amir Temurning jasadi Samarqandga
olib kelinib dafn qilinadi (q. Amir
Temur maqbarasi).
Amir Temur siymosiga tarix va
madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar
www.arxiv.uz
Amir Temur davrida madaniyat va fan
XVI asr italyan rassomchiligida Temurning
tasviri
Amir Temur — buyuk davlat
asoschisi. U Hindiston hamda
Xitoydan Qora dengizga qadar,
Sirdaryo va Orol dengizidan Fors
qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni
qamrab olgan markazlashgan ulkan
saltanatga asos soldi. Bundan tashqari
Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo,
Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi
Volga, Don buylari; shim.-sharqda
Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.-
sharqda esa Shim. Hindistongacha
bulgan mamlakatlar buysundirildi.
Amir Temur. davlatni aql-zakovot va
huquqiy asos bilan idora etgan. Uning
"... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini
kengash, tadbir va mashvarat, qolgan
bir ulushini qilich bilan amalga
oshirdim", degan soʻzlari buning
yorqin dalilidir.
www.arxiv.uz
Shaharsozlik va meʼmorlik
Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi
tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu
qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni
biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan.
Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u
umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul
bulgan. Uning "Qay bir joydan bir gisht
olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir
daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat
ektirdim" degan soʻzlari buning yorqin
isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea
va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik
obidasi barpo etish bilan nishonlash odat
boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz,
Isfahon va Damashqning mashhur
ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor
imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir
Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator
shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni
qayta tikladi. www.arxiv.uz
Shahrisabzdagi Temur
oʻgʻillariJahongir va Umarshayxning maqbarasi
Amir Temur hayotligi chogʻidayoq
saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib,
oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson,
Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi
Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon,
Iroq va Armaniston (markazi Tabriz)
Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi
(markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston
va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna,
keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol
qilib berilgan. Amir Temur davlati oʻziga xos
tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan
(q. Temuriylar davlati). Amir Temur asos
solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda
16-a. boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon
tomonidan tugatilgan.
www.arxiv.uz
Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan
yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan
soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni
oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni
ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi.
Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari,
maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va
rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy
maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida
Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), "Amir Temur" ordeni taʼsis etildi (1996) va
Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy
mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng
nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va
sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi.
www.arxiv.uz
www.arxiv.uz
Temuriylar sulolasi
Movаrounnahr
Amir Temur (1370 - 1405)
Shohruh (1405 - 1447)
Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449)
Bobur (1449 - 1457)
Maxmud (1457 - 1459)
Abu Said (1459 - 1469)
Yadig`or Mohammad (1469 - 1470)
Husayn Boyqaro (1470 - 1506)
Badi O`z-Zamon (1506)
www.arxiv.uz
Adabiyotlar
1. Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sogʻuniy va Habibullo Karomatov tarjimasi,
T., 1991;
2. Ibn Arabshoh, Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari),
T, 1992;
3. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T, 1996;
4. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997;
5. Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati (Tarixiy ocherk), T., 1994;
6. Ahmedov B., Sohibqiron Temur (Hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati), T., 1996;
7. Temur va Ulugʻbek davri tarixi, T., 1996;
8. Pugachenkova G. A., Arxitekturnoye naslediye Temura, T., 1996;
9. Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996;
10. Karimov I., Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna
boʻlaversin, Asarlar, 4-j., T., 1996;
11. Karimov I., Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir; Azaliy buyuklik
mayekani; Sohibqiron kamolga yetgan yurt; Adolat va qudrat timsoli; Amir Temur
— faxrimiz, gʻururimiz, Asarlar, 5-j., T., 1997.
www.arxiv.uz

More Related Content

What's hot (20)

Vars
VarsVars
Vars
 
Restoration Drama
Restoration Drama Restoration Drama
Restoration Drama
 
Lause pealiikmed
Lause pealiikmedLause pealiikmed
Lause pealiikmed
 
A Brief Outline of english literature
A Brief Outline of english literatureA Brief Outline of english literature
A Brief Outline of english literature
 
Veetaimed Ja Loomad
Veetaimed Ja LoomadVeetaimed Ja Loomad
Veetaimed Ja Loomad
 
Introduction to English Literature
Introduction  to English LiteratureIntroduction  to English Literature
Introduction to English Literature
 
Old english power point
Old english power pointOld english power point
Old english power point
 
Tuul 6.klass
Tuul 6.klassTuul 6.klass
Tuul 6.klass
 
Murdarvud
MurdarvudMurdarvud
Murdarvud
 
Taimkattetüübid
TaimkattetüübidTaimkattetüübid
Taimkattetüübid
 
Edebiyyat 19.11.2013(1)
Edebiyyat 19.11.2013(1)Edebiyyat 19.11.2013(1)
Edebiyyat 19.11.2013(1)
 
Qodirjon_Pedagogika
Qodirjon_PedagogikaQodirjon_Pedagogika
Qodirjon_Pedagogika
 
A S U L A
A S U L AA S U L A
A S U L A
 
էսսե գրելու ուղեցույց
էսսե գրելու ուղեցույցէսսե գրելու ուղեցույց
էսսե գրելու ուղեցույց
 
Shakespeare Powerpoint
Shakespeare PowerpointShakespeare Powerpoint
Shakespeare Powerpoint
 
Introduction to beowulf
Introduction to beowulfIntroduction to beowulf
Introduction to beowulf
 
Piestuko alegorija
Piestuko alegorijaPiestuko alegorija
Piestuko alegorija
 
On 18th century literature
On 18th century literatureOn 18th century literature
On 18th century literature
 
Kliima, kliimategurid
Kliima, kliimateguridKliima, kliimategurid
Kliima, kliimategurid
 
Turkey tourism
Turkey tourismTurkey tourism
Turkey tourism
 

portal.guldu.uz-Amir Temur.ppt

  • 1. Amir Temur 1. Tarjimai holi 2. Amir Temurning koʻtarilishi 3. Oq Oʻrda bilan jang 4. Mogʻulistonga yurishi 5. Eron va Kavkazga yurishi 6. Temurning uch yirik yurishlari Reja: www.arxiv.uz
  • 2. Amir Temur, Temur, Temurbek (toʻliq ismi Amir Temur ibn Amir Taragʻoy ibn Amir Barqul) (1336-yil, 9-aprel, Kesh (hozirgiShahrisabz) sh. yaqinidagi Xoja Ilgʻor qishlogʻi (hozirgi Yakkabogʻ tumani) — 1405-yil, 18-fevral, Oʻtror sh., Samarqandda dafn etilgan) — oʻrta asrning yirik davlat arbobi, buyuk sarkarda, kuchli, markazlashgan davlat asoschisi, ilm- fan va madaniyat homiysi. Tarjimai holi Amir Temurning ota-onasi Amir Temurning onasi Takina xotun buxorolik. Otasi amir Taragʻoy esa barlos urugʻining oqsoqollaridan hamda Chigʻatoy ulusining eʼtiborli beklaridan hisoblangan. Uning ajdodlari Kesh viloyatida hokimlik qilishgan. Shu bois Amir Temurning otasi amir Taragʻoy ham yilda bir marotaba Ili daryosi boʻyida xon tomonidan chaqiriladigan el-yurt beklarining qurultoyiga taklif etilar va u bunday yigʻinlarda muttasil qatnashar edi. www.arxiv.uz
  • 3. Shu bilan birga u, Sharafuddin Ali Yazdiyning taʼkidlashiga koʻra, "ulamo va sulaho va muttaqiylargʻa mushfiq va mehribon erdi va bularning majlisiga borur erdi...". Taragʻoybek piri Shamsuddin Kulolni ayniqsa chuqur ehtirom qilgan. Keyinchalik shayx Kulol Amir Temurning ham piri boʻlgan. Taragʻoybek 1360 yilda vafot etgan. Amir Temurning yoshligi Amir Temurning yoshligi Keshda kechdi. Yetti yoshga toʻlgach, otasi uni oʻqishga berdi. Amir Temur yoshlik chogʻlaridanoq maxsus murabbiylar nazorati ostida chavandozlik, ovchilik, kamondan nishonga oʻq uzish, boshqa turli mashq va harbiy oʻyinlar bilan mashgʻul boʻlgan. Shu asnoda Amir Temur tulporlarni saralab ajrata oladigan mohir chavandoz va dovyurak bahodir boʻlib voyaga yetgan. Amir Temur tabiatan ogʻir, bosiq, teran fikrli va idrokli hamda nihoyatda ziyrak, kishilardagi qobiliyat, fazilat, ayniqsa, samimiyatni tezda fahmlab oladigan inson boʻlgan. Shu tufayli oʻspirinlik chogʻlaridayoq atrofiga tengqurlari orasidan sadoqatli doʻstlarni jalb qila olgan. Uning atrofiga bolalikdagi doʻstlari va maktabdoshlari (Abbos bahodur, Jahonshohbek, Qimori inoq, Sulaymonshohbek, Idiku Temur, Sayfuddinbek, Hindushoh, Qarqara va boshqalar) toʻplanishib, birgalikda mashq qilar, musobaqalarda ishtirok etishar, astasekin navkar boʻlishib va harbiy guruhga birlashib, harbiy boʻlinma sifatida shakllana borgan. Keyinchalik ular Amir Temur qoʻshinida lashkarboshilik darajasigacha koʻtarilganlar. www.arxiv.uz
  • 4. Amir Temurning koʻtarilishi Chigʻatoy xonligining xaritasi Siyosiy faoliyatining boshlanishi Temurning bosib olgan yerlari Amir Temur oʻzining ilk harbiy faoliyatini qoʻl ostidagi navkarlari bilan ayrim viloyat amirlariga xizmat qilishdan boshlagan; ularning oʻzaro kurashlarida qatnashib, jasorat koʻrsatgan, janglarda chiniqqan, harbiy mahoratini oshirgan. Dongʻi butun Kashkadaryo vohasiga yoyilgan. Amir Temurning aqlu zakovati, shijoati va shuhrati uni Movarounnahrning nufuzli amirlaridan amir Xizr Yasovuriy va amir Qazagʻon bilan yaqinlashtirdi. www.arxiv.uz
  • 5. "Buyuk amir" sifatida saylanishi 14-asrning 60-yillarida Movarounnahrda hukm surgan nihoyatda ogʻir siyosiy va iqtisodiy vaziyat mamlakatni birlashtirib, kuchli bir davlat tashkil etishni taqozo qilmoqda edi. Amir Husayndan koʻra Amir Temur zamonining bunday talabini yaxshiroq tushunardi. Shuning uchun ham oʻz faoliyatining dastlabki bosqichida barcha harakatni Movarounnaxrda markazlashgan davlat tuzishga qaratadi. Bunday maqsadni amalga oshirishda u ruhoniylar, harbiylar, savdogarlar va shahar hunarmandlari tabaqalariga suyanadi. Amir Temur tarqoq mamlakatni birlashtirishga kirishar ekan, kurashni avvalo ichki gʻanimlaridan boshlaydi. 1370 y. bahorida Amir Temur amir Husaynga qarshi yoʻlga chiqadi. Qoʻshin Termiz yaqinidagi Biyo qishlogʻiga yetganda makkalik shariflardan Sayyid Baraka Amir Temur faoliyatini qoʻllab-quvvatlab, unga oliy hokimiyat ramzi katta nogʻora — tabl bilan yalov — bayroq tortiq qiladi. Shubhasiz bu voqea katta siyosiy ahamiyatga ega edi. Chunki u saltanatlik ramzi edi. Amir Temur buni yaxshi tushunardi. Shuning uchun ham Balxga yetmasdan Oʻrpuz mavzeida u amir va noʻyonlari bilan kengash oʻtkazadi. Koʻpchilikning xohish va ixtiyori bilan, oʻsha davr qonun-qoidalariga koʻra, chingiziylar avlodidan boʻlgan Suyurgʻatmish oʻgʻlon Movarounnahr podsholigi taxtiga oʻtqazildi. Amir Temur qoʻshini to Balxga yetib borgunicha, unga yoʻl-yoʻlakay yangi- yangi kuchlar kelib qoʻshildi. Shu asnoda amir Husaynni koʻpchilik amirlari tark etdilar. Jangda amir Husayn qoʻshinlari yengildi, ikki kunlik qamaldan soʻng , 1370 yilning 10 apr.da Balx sh. Amir Temurga taslim boʻldi. Amir Husayn asir olinib, qatl etildi. www.arxiv.uz
  • 6. Oq Oʻrda bilan jang Temurning Oltin Oʻrdaga qarshi 1391 yildagi yurishi Temurning Oltin Oʻrdaga qarshi 1395 yildagi yurishi www.arxiv.uz
  • 7. Amir Temur Movarounnahrni moʻgʻullar hukmronligidan ozod etib, bu qad. mamlakatda mustaqil davlat barpo etgan boʻlsada, hali mamlakatda barqaror tinchlik oʻrnatilgan emas edi. Bir tomondan ayrim viloyat hokimlari Amir Temur hakimiyatini tan olishdan bosh tortib turgan boʻlsalar, ikkinchi tomondan mamlakatning sharqiy va shim. hududlari notinch edi. Moʻgʻuliston bilan Oq Oʻrda hukmdorlari Fargʻona vodiysining sharqi, Oʻtror, Yassi (Turkiston) va Sayram sh.lariga xavf solib, bu hududlarga tez-tez hujum qilar va aholini talontaroj qilardi. Shuning uchun ham Amir Temur dastlabki yillarda mamlakat sarhadlari xavfsizligini taʼminlashga katta ahamiyat berdi. Isyonchi amirlarga qarshi shafqatsiz kurash olib bordi. 1370 y. kuzi va 1371 y. bahorida amir Zinda Chashmga zarba berib, Shibirgʻon viloyati boʻisundirildi. Balx va Toshkent viloyatlari ham Amir Temur hokimiyatini tan oldilar. Ammo Xorazm Oq Oʻrda hukmdorlariga suyanib, hanuz boʻysunishdan bosh tortib kelardi. Xorazmni Amir Temur Chigʻatoy ulusining ajralmas qismi deb hisoblab, uni oʻz davlatiga koʻshib olish siyosatini tutdi. Ammo bu masala elchilar vositasida tinch yoʻl bilan hal etilmagach, Amir Temur Xorazm hududiga besh marotaba yurish qildi. Birinchi yurishi 1371 y. yoz (iyul)ida Kot shahrini egallash bilan yakunlandi. Amir Temurning 1373 y. bahori va 1375 y. yozida Xorazm tomonga qilgan ikki yurishi natijasiz tugadi. Bu asnoda Oltin Oʻrda xoni Toʻxtamish bilan ittifoq tuzib olgan Xorazm hukmdori Yusuf soʻfi, uning yordamida Amir Temur davlati hududlariga bir necha bor yurish qilib, Qorakoʻl viloyati va Buxoro tumanlarini talon-taroj etdi. www.arxiv.uz
  • 8. Amir Temurning Samarqanddagi maqbarasi Amir Temur Kichik Osiyodan Samarqandga qaytgach, 1404 y. 27 noyab.da 200 ming qoʻshin bilan Samarqanddan Xitoy safariga chiqdi. Biroq Xitoy ustiga yurish Amir Temurning Oʻtrorda vafoti (1405 y. 18 fev.) tufayli amalga oshmay kolli. Amir Temurning vafoti haqidagi xabar garchi avvalda sir tutilsada, ammo koʻp vaqt oʻtmay bu noxush xabar mamlakat boʻylab tarqalib ketadi. Amir Temurning jasadi Samarqandga olib kelinib dafn qilinadi (q. Amir Temur maqbarasi). Amir Temur siymosiga tarix va madaniyat nuqtai-nazaridan qarashlar www.arxiv.uz
  • 9. Amir Temur davrida madaniyat va fan XVI asr italyan rassomchiligida Temurning tasviri Amir Temur — buyuk davlat asoschisi. U Hindiston hamda Xitoydan Qora dengizga qadar, Sirdaryo va Orol dengizidan Fors qoʻltigʻiga qadar gʻoyat katta hududni qamrab olgan markazlashgan ulkan saltanatga asos soldi. Bundan tashqari Amir Temur davlatiga Kichik Osiyo, Suriya, Misr va shim.-gʻarbda Quyi Volga, Don buylari; shim.-sharqda Balxash koʻli va Ili daryosigacha; jan.- sharqda esa Shim. Hindistongacha bulgan mamlakatlar buysundirildi. Amir Temur. davlatni aql-zakovot va huquqiy asos bilan idora etgan. Uning "... davlat ishlarining toʻqqiz ulushini kengash, tadbir va mashvarat, qolgan bir ulushini qilich bilan amalga oshirdim", degan soʻzlari buning yorqin dalilidir. www.arxiv.uz
  • 10. Shaharsozlik va meʼmorlik Sohibqironning bunyodkorlik sohasidagi tarixiy xizmatlari beqiyosdir. Tarix bu qoʻhna dunyoda oʻtgan koʻp jahongirlarni biladi. Ularning aksariyati faqat buzgan. Amir Temurning ulardan farqi shundaki, u umr buyi bunyodkorlik bilan mashgʻul bulgan. Uning "Qay bir joydan bir gisht olsam, oʻrniga un gʻisht qoʻydirdim, bir daraxt kestirsam, oʻrniga unta kuchat ektirdim" degan soʻzlari buning yorqin isbotidir. Amir Temurga har bir zafarli voqea va sevinchli hodisani muhtasham meʼmorlik obidasi barpo etish bilan nishonlash odat boʻlgan. Shu maqsadda Hindiston, Sheroz, Isfahon va Damashqning mashhur ustahunarmandlari mamlakatda hashamdor imoratu inshootlar bino qilganlar. Amir Temur zabt etgan mamlakatlarning bir qator shaharlari (Bagʻdod, Darband, Baylaqon)ni qayta tikladi. www.arxiv.uz
  • 11. Shahrisabzdagi Temur oʻgʻillariJahongir va Umarshayxning maqbarasi Amir Temur hayotligi chogʻidayoq saltanatni asosan toʻrt qism (ulus)ga boʻlib, oʻgʻil, nabiralariga taqsimlab bergan: Xuroson, Jurjon, Mozandaron va Seyiston (markazi Hirot) Shohruxga, Gʻarbiy Eron, Ozarbayjon, Iroq va Armaniston (markazi Tabriz) Mironshohga, Fors, yaʼni Eronning jan. qismi (markazi Sheroz) Umarshayxga, Afgʻoniston va Shim. Hindiston (markazi Gʻazna, keyinchalik Balx) Pirmuhammadga suyurgʻol qilib berilgan. Amir Temur davlati oʻziga xos tartib-qoidalarga asoslangan holda idora etilgan (q. Temuriylar davlati). Amir Temur asos solgan bu davlat Xuroson va Movarounnahrda 16-a. boshigacha mavjud boʻlib, Shayboniyxon tomonidan tugatilgan. www.arxiv.uz
  • 12. Shoʻrolar tuzumi davrida Amir Temur. shaxsi va faoliyatiga adolatsizlik bilan yondoshilib, bir yoqlama baho berilib kelindi. Oʻzbekiston mustaqillikka erishganidan soʻng bunday qarashlarga barham berildi. Amir Temurning jahon tarixida tutgan oʻrni oʻz joyiga qoʻyila boshlandi. Oʻzbekistonda uning faoliyatini oʻrganishga va uni ommalashtirishga keng yoʻl ochildi. Uning nomi Oʻzbekistonda abadiylashtirildi. Koʻplab shahar va qishloqlardagi shoh koʻchalar, maydonlar, jamoa xoʻjaliklari, maktablar, kinoteatrlar va boshqa uning nomi bilan ataldi. Islom Karimov tashabbusi va rahnamoligida Toshkent, Samarqand, Shahrisabz va boshqa shaharlarning markaziy maydonlarida Amir Temurga haykal oʻrnatildi, Toshkentdagi Amir Temur xiyobonida Temuriylar davri muzeyi barpo etildi (1996), "Amir Temur" ordeni taʼsis etildi (1996) va Xalqaro Amir Temur jamgʻarmasi tashkil qilindi (1995). Toshkent, Samarqand va xorijiy mamlakatlarda YUNESKO rahbarligida hazrat Sohibqiron tavalludining 660 yilligi keng nishonlandi (1996). Amir Temur haqida ikki qismdan iborat badiiy film, spektakllar va sheʼriy hamda nasriy asarlar yaratildi. www.arxiv.uz
  • 14. Temuriylar sulolasi Movаrounnahr Amir Temur (1370 - 1405) Shohruh (1405 - 1447) Mirzo Ulugʻbek (1447 - 1449) Bobur (1449 - 1457) Maxmud (1457 - 1459) Abu Said (1459 - 1469) Yadig`or Mohammad (1469 - 1470) Husayn Boyqaro (1470 - 1506) Badi O`z-Zamon (1506) www.arxiv.uz
  • 15. Adabiyotlar 1. Temur tuzuklari, forschadan Alixon Sogʻuniy va Habibullo Karomatov tarjimasi, T., 1991; 2. Ibn Arabshoh, Ajoib al-maqdur fi tarixi Taymur (Temur tarixida taqdir ajoyibotlari), T, 1992; 3. Nizomiddin Shomiy, Zafarnoma, T, 1996; 4. Sharafuddin Ali Yazdiy, Zafarnoma, T., 1997; 5. Muhammadjonov A., Temur va temuriylar saltanati (Tarixiy ocherk), T., 1994; 6. Ahmedov B., Sohibqiron Temur (Hayoti va ijtimoiy-siyosiy faoliyati), T., 1996; 7. Temur va Ulugʻbek davri tarixi, T., 1996; 8. Pugachenkova G. A., Arxitekturnoye naslediye Temura, T., 1996; 9. Amir Temur jahon tarixida, Parij, 1996; 10. Karimov I., Amir Temur davridagi bunyodkorlik va hamkorlik ruhi bizga namuna boʻlaversin, Asarlar, 4-j., T., 1996; 11. Karimov I., Xalqimiz bor ekan, Amir Temur nomi barhayotdir; Azaliy buyuklik mayekani; Sohibqiron kamolga yetgan yurt; Adolat va qudrat timsoli; Amir Temur — faxrimiz, gʻururimiz, Asarlar, 5-j., T., 1997. www.arxiv.uz