2. 1.Geografik o’rni.
2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari.
3. Tarixi.
4.Aholisi.
5. Xo’jaligi .
6. Transporti.
7. Xalqaro iqtisodiy aloqalari.
8 Qiziqarli faktlar.
REJA:
3. Fransiya (fransuzcha talaffuzi: [fʁɑ̃s] ), rasmiy
nomi Fransiya Respublikasi (fransuzcha: République
française)[5] — Gʻarbiy Yevropadagi davlat. Gʻarbda va
shimolda Atlantika okeani hamda La-Mansh boʻgʻozi,
janubida Oʻrta dengiz bilan oʻralgan. Maydoni 547,03 ming
km². Aholisi 67,5 million kishi (2021). Poytaxti — Parij shahri.
Maʼmuriy jihatdan 22 region (viloyat), 96 departamentga
boʻlingan. Fransiya tarkibida dengiz orti departamentlari
(Gvadelupa, Martinika, Gviana, Reyunon), dengiz orti
hududlari (Taiti, Yangi Kaledoniya, Fransiya Polineziyasi,
Tinch okeandagi Uollis va Futuna orollari va boshqalar),
hududiy birliklar (Mayotta va SenPyer va Mikelon) bor.
5. Din (2020) •58.1% xristian
•31.9% dinsiz
•8.3% islom
•0.7% boshqalar[1]
Hukumat Prezidentlik respublika
• Prezident Emmanuel Macron
• Bosh vazir Jean Castex
Qonun chiqaruvchi hokimiyat Parlament
• Yuqori palata Senat
Respublika (22-sentabr 1792-yil)
Maydon
• Butun 547,030 km
2
(48-oʻrin)
• Suv (%) 0.86 (2015)
[2]
Aholi
• 2019-yilgi roʻyxat 67 413 000
[3]
(20-oʻrin)
• Zichlik 116/km
2
YIM (XQT) 2019-yil roʻyxati
• Butun $3.232 trillion
[4]
(9-oʻrin)
• Jon boshiga $49 492
[4]
(24-oʻrin)
YIM (nominal) 2021-yil roʻyxati
• Jon boshiga $44 995
[4]
(24-oʻrin)
Pul birligi Yevro (€) (EUR)
Vaqt mintaqasi UTC+1
• Yoz ( DST) UTC+2
Qisqartma FR
9. Yevropadagi eng yirik davlatlardan biri — Fransiya
Respublikasi qit’aning g‘arbida joylashgan. Mamlakat
qirg‘oqlari g‘arb va shimoli-g‘arbdan Atlantika okeani,
janubi-sharqdan esa O‘rta dengiz suvlari bilan yuviladi. La
Mansh bo‘g‘izi Fransiyani Buyuk Britaniyadan ajratib
turadi. Quruqlikda 8 ta davlat bilan chegaradosh bo‘lib,
eng uzun chegaralari Germaniya, Italiya, Ispaniya
davlatlari bilan o‘tgan. O‘rta dengizdagi Korsika oroli
Fransiyaga tegishlidir. Shuningdek, Fransiyaning 10 tadan
ziyod dengizorti hududlari, ya’ni mustamlakalari ham
mavjud. Ular asosan Tinch okean va Karib dengizida
joylashgan.
10. Geografik joylashuvi. Yevropaning g‘arbidagi davlat. Janubda Ispaniya
(chegara uzunligi -623 km) va Andorra (60 km), janubi sharqda
Monako (4,4 km), shimoli sharqda Belgiya (620 km) va Lyuksemburg
(73 km), sharqda Shveysariya (573 km) va Italiya (451 km) davlatlari
bilan chegaradosh. Janubda mamlakat 0’rtayer dengizi, g‘arbda Biskay
ko‘rfazi, shimoli g‘arbda La-Mansh va Pa-de-Kale bo‘g‘ozlari bilan
tutashgan. O‘rta Yer dengizidagi Korsika oroli, to‘rtta dengizorti
departamentlari - Martinika, Gvadelupa, Reyunon, Fransuz Gvianasi
hamda dengizorti hududlari - Fransiya Polineziyasi, Yangi Kaledoniya,
Sen-Pyer va Mikelon, Tinch okeanidagi bir qator arxipelaglar
Fransiyaga tegishli. Chegarasining umumiy uzunligi (metropoliya va
Korsika) -28924 km, sohil bo‘ylab chegara uzunligi - 3427 km.
Mamlakatning g‘arbi va shimoli tekisliklardan iborat.
11. Boshqaruv shakli — prezidentlik respublikasi. Siyosiy-
hududiy jihatdan Fransiya unitar davlat bo‘lib, 18 ta
hudud (region)ga bo‘linadi. Ulardan 12 tasi
Fransiyaning asosiy kontinental qismida, 1 tasi O‘rta
dengizdagi Korsika orolida joylashgan, qolgan 5 tasi
dengizorti hududlardan iboratdir. Fransiya poytaxti
Parij shahri mamlakatning shimoliy qismida, Sena
daryosi vodiysida joylashgan
12. Davlat tuzilishi, siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - prezidentlik
respublikasi. Mamlakat tarkibiga 96 departamentga bo‘lingan 22 ta
viloyat kiradi. Bundan tashqari dengizorti departamentlar va
dengizorti hududlar ham Fransiya tarkibiga kiradi. Birinchi
respublika 1792 yilda e’lon qilingan. So‘nggi Konstitutsiya (V
respublika) 1958 yil 28 sentabrda qabul qilingan. Milliy bayram 14
iyul - Bastiliya olingan kun (1789). Davlat boshlig‘i - prezident.
Prezident Bosh vazir (Ministrlar Kengashi raisi)ni tayinlaydi. Qonun
chiqaruvchi hokimiyat Senat (yuqori palata) va Milliy Majlis (quyi
palata) dan iborat parlament tomonidan amalga oshiriladi. Yirik
siyosiy partiyalari: Fransuz demokratik ittifoqi, Respublikachilar
partiyasi, Fransuz sotsialistik partiyasi, So‘l radikal harakat,
Fransiya kommunistik partiyasi, Milliy front
13. Tarixi. M. av. I asrning o‘rtalarida Galliya (hoz. Fransiya) qadimgi Rim
tomonidan bosib olinadi. Franklar Galliyaga V asrda kirib kelishadi.
Frank qirolligi Karolinglar sulolasi vakili Karl Buyuk davrida qudrat
cho‘qqisiga ko‘tariladi. 987- yilda hokimiyatga Kapetinglar sulolasi
keladi. G‘arbiy Yevropada Fransiyaning ta’siri XIII asrda Fillip II
Avgust va Lyudovik IX davrida ortadi. XIV asrda hokimiyatga Valua
sulolasi keladi. 1337-yildan 1453-yilgacha Fransiya Angliya bilan «Yuz
yillik urush» olib boradi. Shu davrda ingliz qo‘shinlariga qarshi ozodlik
kurashini Janna d’Ark boshlaydi. XVIII asrning oxirida
absolyutizmning inqirozga uchrashi avvaliga podshoh hokimiyatining
cheklanishiga (1789 yilda Bastiliyaning olinishi, Milliy Assambleyaning
tuzilishi), keyinchalik esa I respublikaning tuzilishiga (1792) olib keldi.
1793-yilda krepostnoylik huquqi bekor qilindi. 1799 yili Napoleon
Bonapart davlat to‘ntarishi o‘tkazib diktatura o‘rnatdi va 1804 yilda
o‘zini Napoleon 1 nomi bilan imperator deb e’lon qildi. Bosqinchilik
urushlari natijasida Fransiya deyarli butun Markaziy va G‘arbiy
Yevropani o‘ziga bo‘ysundirdi
14. 1812 yilgi Rossiyaga yurish «Buyuk armiyaning» yakson qilinishi bilan
tugadi. 1814 yilda rus qo‘shinlari Parijni bosib olishdi, bu holat
Fransiyada Burbonlar restavratsiyasiga olib keldi. 1815 yilda Napoleon
qisqa muddatga hokimiyatga qaytdi («100 kun») va Vaterloo
mag‘lubiyatidan so‘ng u butunlay hokimiyatni qo‘ldan boy berdi.
Fransiya inqilobdan oldingi chegaralarga qaytdi. 1830-yilgi inqilob
burjua monarxiyasining o‘rnatilishiga olib keldi. Navbatdagi 1848 yilgi
inqilob natijasida Fransiyada II respublika e’lon qilindi. Imperator
Napoleon III 1852 yili monarxiyani qayta tikladi. 1853-1856 yillarda
Fransiya Rossiyaga qarshi Qrim urushida ishtirok etdi. 1870-1871
yillardagi Fransiya Prussiya urushi Elzas va Lotaringiyaning boy berilishi
bilan tugadi
16. Fransiya hududining 2/3 qismini tekisliklar egallaydi. Shu bilan birga,
mamlakatning sharqiy, markaziy va janubiy hududlarida Alp, Pireney,
Ardenna, Vogeza, Markaziy massiv , Yura singari turli balandlikdagi
tog‘lar mavjud. Alp va Pireneydan tashqari Fransiyadagi tog‘ tizmalari
kuchli parchalangan keksa yoshdagi tog‘lar hisoblanadi. Foydali
qazilmalardan temir, uran va boksit rudalari konlari mavjud.
Fransiyaning Atlantika okeaniga yaqin qismida mo‘tadil dengiz iqlimi,
sharqiy hududlarida mo‘tadil kontinental, janubida esa O‘rta dengiz
tipidagi subtropik iqlim shakllangan. Yozi issiq, qishi esa iliq va
yomg‘irli bo‘ladi. Yog‘inlar yanvardan aprelgacha eng ko‘p kuzatiladi.
Fransiyada daryolar to‘ri ancha zich. Eng uzun daryosi — Luara , eng
sersuvi esa Rona. Shuningdek, Sena va Garonna ham yirik daryolar
sirasiga kiradi.
17. Markaz va sharqda o‘rta balandlikdagi Markaziy massiv,
Vogez, Yura togiari joylashgan. Janubi g‘arbda Ispaniya bilan
tabiiy chegara hosil qilgan Pireney tog‘lari yotadi. Bu tog‘
tizmasining eng baland nuqtasi-Pik-de-Vinmal (3298 m).
Mamlakatning janubi sharqida Fransiya va G‘arbiy
Yevropaning eng baland cho‘qqisi - Monblan tog‘i (4807 m)
joylashgan Fransuz Alplari yotadi. Asosiy tabiiy boyliklari:
ko‘mir, temir rudasi, boksitlar, rux, baliq, yog‘och.
Haydaladigan yerlar hududning 32% ini, o‘rmon va to‘qaylar
27% ini, o‘tloq va yaylovlar 23% ini tashkil etadi.
18. Aholisi. Fransiya Yevropa mamlakatlari ichida aholisi
soni bo‘yicha to‘rtinchi o‘rinda turadi. 2021-yil
holatiga ko‘ra, Fransiya aholisi 67,5 mln kishiga yaqin.
Aholining tabiiy ko‘payishi juda past, yillik hisobda
0,2% ga teng. Aholi soni o‘sishining muhim manbai
tashqi migratsiya hisoblanadi. Migrantlar ichida
o‘tmishda Fransiya mustamlakalari bo‘lgan turli
Afrika davlatlaridan ko‘chib kelganlar ancha ko‘p.
19. Fransiyada hozirgi paytda shaharlashuv darajasi 80% dan ortgan. Parij
atrofida qit’adagi eng yirik shahar aglomeratsiyalaridan biri shakllangan
bo‘lib, uning aholisi 10 mln kishidan ziyod. Yirik mintaqaviy markazlar
qatoriga Lion, Marsel, Lill, Tuluza, Bordo shaharlari kiradi.
Mamlakatning tub millatlari qatoriga fransuzlardan tashqari,
basklar, bretonlar, elzasliklar, lotaringlar, katalonlar,
oksitaniyaliklar va korsikaliklar kiradi. Fransiya
Konstitutsiyasiga binoan bu 7 millatning tillari mintaqaviy
tillar maqomiga ega. Mamlakat aholisining diniy tarkibida
katoliklar yetakchilik qiladi. Aholi Parij aglomeratsiyasi,
Belgiya va Germaniyaga chegaradosh hududlar hamda O‘rta
dengiz sohilida eng zich joylashgan. Tog‘li hududlarda esa
aholi zichligi birmuncha pastroq
20. Iqtisodiyoti. Fransiya Respublikasi Yevropa va jahon bo‘yicha
eng yirik iqtisodiy salohiyatga ega bo‘lgan davlatlardan biri
hisoblanadi. U “Katta yettilik” guruhiga mansub.
Fransiya sanoati tarkibida mashinasozlik, kimyo, qora va
rangli metallurgiya hamda oziq-ovqat sanoatlari yetakchi
ahamiyatga ega. Mamlakat avtomobil, kema, samolyot,
dastgohlar, mineral o‘g‘itlar, soda, polimerlar, parfyumeriya,
kosmetika, vino, pishloq va boshqa ko‘plab mahsulotlarni
ishlab chiqarish va jahon bozoriga yetkazishda alohida ajralib
turadi.
21. Fransiya elektr energetikasida AESlar birinchi
darajali ahamiyatga ega. Atom elektr
stansiyalarining mamlakatda ishlab chiqarilayotgan
elektr energiyasi tarkibidagi ulushi deyarli 80% ga
teng. Bu jihatdan Fransiya dunyoda birinchi o‘rinda
turadi
22. Qishloq xo‘jaligining yetakchi tarmog‘i go‘sht-sut
chorvachiligi hisoblanadi. Asosiy qishloq xo‘jalik
ekinlari: bug‘doy, qandlavlagi, kartoshka,
makkajo‘xori, uzum, zig‘ir. Ayniqsa, uzumchilik hamda
vinochilik sohalarida Fransiya ishlab chiqarish hajmi
va mahsulotlarning an’anaviy sifati bilan butun
dunyoga mashhur . Dengiz sayozliklarida marikultura,
ya’ni turli dengiz organizmlarini sun’iy ravishda
ko‘paytirish yaxshi rivojlangan.
23. Fransiya jahon mamlakatlari ichida turistlar eng ko‘p
tashrif buyuradigan davlat hisoblanadi. Ayrim yillari
xorijiy sayyohlarning soni 75 mln kishidan ortadi.
Turizmning bunday darajada rivojlanishiga tabiiy
iqlim sharoiti, butun dunyoga mashhur dengizbo‘yi
kurortlar (Nitstsa, Sen Trope, Kann va boshqalar),
Fransiya shaharlari ayniqsa Parijda mashhur madaniy
obyektlarning ko‘pligi bilan bog‘liq. Masalan,
Parijdagi Luvr muzeyi dunyo bo‘yicha tashrif
buyuruvchilar soni jihatidan yetakchi o‘rinni egallaydi
24. Transporti.Temiryo‘llarining umumiy uzunligi-34568 km (11674 km
elektrlashtirilgan), avtomobil yo‘llari - 1551400 km (803000 km
asfaltlangan), ichki suv yo‘llari -15000 km. Asosiy portlari: Bordo,
Gavr, Dyunkerk, Nant-Sen-Nazer, Ruan. Fransiya bilan O‘zbekiston
Respublikasi o‘rtasida diplomatiya munosabatlari 1992 yilda o‘rnatildi
va ular o‘rtasida iqtisodiyot, fan-texnika, madaniyat sohalaridagi
hamkorlik samarali tus oldi. 113 Fan-texnika inqilobi. Fransuz olimlari
birinchi bo‘lib Nobel mukofotiga sazovor bo‘lganlar. 1895 yilda aka-uka
L. va J.Lyum’erlar kinematografni ixtro qilganlar. Ikkinchi jahon
urushidan keyin Fransiyada ilmiy faoliyat deyarli to‘xtagan. Aksariyat
oliy o‘quv yurti va ilmiy tadqiqod muassasalari yopib qo‘yilgan. 1960
yilda esa yadro quroli, 1968 yili termoyadro quroli sinovlardan
o‘tkazildi. Parijda nashrdan chiqadigan kundalik yirik gazetalar
«Figaro», «Frans suar», «Oror», «Mond» xabarlarga boy va eng nufuzli
yirik burjua gazetasi hisoblanadi. XV asr oxirlarida Fransiyada
uyg‘onish davri boshlandi. Sahna raqslarining shakllanishi asosan XII-
XIV asrlardan boshlangan. Sayyor qo‘shiqchilar trubadurlar muzika
poetik san’ati ravnaq topgan.