Diese Präsentation wurde erfolgreich gemeldet.
Die SlideShare-Präsentation wird heruntergeladen. ×

Aslonova Nasiba Muxammadovna RUMINIYA 22.ppt

Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Anzeige
Wird geladen in …3
×

Hier ansehen

1 von 33 Anzeige

Weitere Verwandte Inhalte

Aktuellste (20)

Anzeige

Aslonova Nasiba Muxammadovna RUMINIYA 22.ppt

  1. 1. Aslonova Nasiba Muxammadovna
  2. 2. REJA:  Geografik o’rni.  Tabiiy sharoiti va iqlimi.  Tarixi .  Aholisi.  Sanoati .  Qishloq xo’jaligi.  Transporti.
  3. 3. Ruminiya (Romania) — Yevropaning janubiy sharqida joylashgan davlat. Maydoni 238391 km². Poytaxti — Buharest shahri. Maʼmuriy jihatdan 40 uyezd (iudet) va uyezdga tenglashtirilgan Buharest munitsipiyasiga boʻlinadi.
  4. 4. Мадхия : Дештеапта -те, Романе! Poytaxt Буксарест Eng катта шахар Буксарест, Яси, Тимишоара, Констанса, Галац, Клуж- Напока Расмий тил(лар) Руминча Хукумат Ярим-президентлик давлат • Президент Траян Бэсеску • Бош вазир Эмиль Бок Мустакиллик ( Усмонлилар империясидан (1877-йил 9- майда))
  5. 5. Ruminiya — respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1991-yil 8-dekabrdagi umumxalq, referendumida maʼqullangan. Davlat boshligʻi — prezident. U aholi tomonidan umumiy toʻgʻri, teng va yashirin ovoz berish yoʻli bilan 4-yil muddatga saylanadi va 2 muddatdan ortiq saylanishi mumkin emas. Qonun chiqaruvchi hokimiyatni 2 palatali parlament, ijrochi hokimiyatni hukumat amalga oshiradi.
  6. 6. Ruminiya hududining aksari qismini togʻlar va tepaliklar (oʻrtacha balandligi 800 m) egallaydi. Asosiy togʻ tizmasi — Karpat mamlakat hududida katta yey shaklini hosil qiladi (eng baland nuqtasi — Moldavyanu togʻi 2544 m). Karpat togʻlarida kuchli zilzilalar boʻlib turadi. Transilvaniya platosi va Gʻarbiy Ruminiya togʻlari ham Karpat tizmasiga mansub. Janubda Quyi Dunay pasttekisligi va Gʻarbda Oʻrta Dunay pasttekisligi joylashgan. Dunay etaklari bilan Qora dengiz oraligʻida Dobruja platosi choʻzilgan. Ruminiya xududida Qora dengiz sohilining uzunligi 245 km. Konstansadan shimolroqda qirgʻoqlari aksari qismi past, ayrim joylari botqoq, qum tillari va liman (qoʻltiqcha)lar bilan parchalangan, qirgʻoqqa yaqin joylarda orol koʻp. Foydali qazilmalardan neft va gaz, toshkoʻmir, temir, polimetall, mis va oltin rudalari, boksit, toshtuz konlari topilgan. Iqlimi — moʻtadil kontinental iqlim.
  7. 7. Eng katta daryosi — Dunay. Uning asosiy irmoqlari: Prut, Siret, Olt, Yalomitsa. Pasttekisliklarda, asosan, unumdor qora tuproq, balandliklarda qoʻngʻir va kulrang oʻrmon, togʻlarda, asosan, togʻoʻtloq tuproqlar tarqalgan. Daryo qayirlarida oʻtloq, qamishzor, oʻrmonlar bor. Transilvaniya platosi, Moldaviya qiri, Dobrujaning eng baland joylari va Karpat togʻ oldida (400–700 m balandlikkacha) qoraqayin aralash emanzorlar mavjud. Karpat togʻlarida (800–1200 m balandlikkacha) qoraqayinlar, balandroqda (1500–1800 m gacha) igna bargli daraxtlar usadi. Togʻlarning eng baland joylari subalp va alp oʻtloqlari bilan band.
  8. 8. Hayvonot dunyosi xilma xil. Oʻrmonlarda boʻri, tulki, qoplon, boʻrsiq, quyon, olmaxon, qushlardan boyoʻgʻli, qizilishton, kakku va boshqalar yashaydi. Togʻ echkisi, toʻngʻiz, ayiq, bugʻu, dashtlarda sugʻur, yumronqoziq, dala sichqoni uchraydi. Ruminiya hududida Retezat milliy bogʻi va bir necha qoʻriqxona tashkil etilgan.
  9. 9. Aholisining 90%ga yaqini ruminlar. Venger, nemis, loʻli, ukrain, serb va ruslar ham yashaydi. Rasmiy til — rumin tili. Shahar aholisi 55,4%. Dindorlarining aksariyati — pravoslav xristianlar. Yirik shaharlari: Buharest, KlujNapoka, Timishoara, Yassi, Brashov, Galats, Krayova, Konstansa, Ployeshti.
  10. 10. Ruminiya hududida odam ilk paleolit davridan yashaydi. Transilvaniya, Moldova va Valaxiyada dak qabilalari yashagan. Miloddan avvalgi I asr oʻrtalarida getdaklar qabila ittifoqi shakllanib, keyinchalik uning asosida davlat paydo boʻla boshlagan. I-asr boshlarida daklar yashaydigan hududni Rim bosib olib, Dakiya nomi bilan oʻz viloyatiga aylantirdi, daklar esa romanlashtirildi. 271-yil Rim imperiyasi inqirozga uchrashi natijasida rimliklar Dakiyadan chiqib ketishga majbur boʻldi. Keyinroq bu yerlarga gunnlar, gepidlar, avarlar kirib kela boshladi. 6—7-asrlarda slavyanlar koʻchib kelib oʻrnashdi. 8—10-asrlarda Ruminiya hududining talaygina qismi Birinchi Bulgʻor podsholigi tarkibiga kirdi.
  11. 11. 10—11-asrlarda bijanaklar, qipchoqlar, 13-asrda moʻgʻullar bostirib keldi. 14-asrda ikki mustaqil davlat — Valaxiya va Moldova knyazliklari tashkil topdi. 16-asrga kelib, ular Usmonli turk imperiyasi qoʻl ostiga oʻtdi. 1688-yil Transilvaniya Gabsburglar davlatiga qoʻshib olindi. 17—19- asrdagi Rossiya—Turkiya urushlari natijasida Usmonli turk imperiyasi zaiflashdi, bu esa Valaxiya va Moldova xalqlarining milliy ozodlik kurashiga qulay sharoit yaratdi. Valaxiya va Moldova knyazliklari muxtoriyatga erishdi, ularning xalqdari yagona davlat (1861-yildan Ruminiya)ga birlashdilar. 1862-yil Buharestda milliy majlis chaqirilib, yagona hukumat tuzildi. 1877-yil Ruminiya toʻla mustaqillikksa erishdi va 1881-yil qirollik deb eʼlon qilindi.
  12. 12. Ruminiya chetga traktor, avtomobil, transport vositalari, kimyoviy oʻgʻit va neft mahsulotlari, qora metallar prokati, quvur, mebel, sement, poyabzal, gazlama, tovush yozish apparatlari, mineral xom ashyo chiqaradi. Chetdan turli mashinamexanizmlar, kimyoviy mollar, yoqilgʻi va xom ashyo, oziq-ovqat, keng isteʼmol mollari keltiradi. Tashqi savdoda Germaniya, Italiya, Rossiya, Fransiya bilan hamkorlik qiladi. Pul birligi — ley.
  13. 13. Ruminiyaning Markaziy Yevropa mamlakatlaridan Qora dengiz va Dunayga oʻtiladigan tranzit yoʻllaridagi ahamiyati katta. Mamlakatning umumiy yuk aylanmasida temir yoʻlning ulushi qariyb 39,5%, dengiz transportining ulushi 48,8%, avtomobil transportining ulushi 7,1%, truboprovod transportining ulushi 3,2%, daryo transportining ulushi 1,4%. Temir yoʻllar uzunligi 11,4 ming km, avtomobil yoʻllari 153 ming km. Asosiy dengiz porti — Konstansa, daryo portlari — Breila, Jurju va Galats. Buharest (Otopen) va Konstansada xalqaro aeroportlar bor.
  14. 14. Ruminiya — industrial-agrar mamlakat. Yalpi ichki mahsulotda sanoatning ulushi 41%, qishloq va oʻrmon xoʻjaligining ulushi 19%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi ulushi 40%. Sanoati :Ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqaruvchi tarmoqlar ustun (?!). Yoqilgʻi-energetika bazasining negizini gaz, koʻmir va neft tashkil etadi. Elektr energiyaning koʻp qismi issiqlik elektr stansiyalarida hosil qilinadi (1-yilda oʻrtacha 55 mlrd. kVtsoat). Neft konlari, asosan, Janubiy va Sharqiy Karpat etaklarida joylashgan. Temir, boksit, polimetall rudalari, mis, oltin, toshtuz va hokazo qazib olinadi. Neftni qayta ishlashning asosiy markazlari — Ployeshti, Brazi, Piteshti, Dermeneshti. Metallsozlik, qora va rangli metallurgiya rivojlangan. Slatinada alyuminiy, Kopsha-Mikeda qoʻrgʻoshin va rux, Baya- Mareda mis eritiladi. Mashinasozlik, asosan, neft qazib olish va uni qayta ishlash, kimyo sanoati, yengil va oziq-ovqat sanoati, energetika uchun texnologiya mashina uskunalari va elektrtexnika mahsulotlari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan. Avtobuslar, temir yoʻl transporti vositalari, qurilish mashinalari, kemalar va traktorlar ham ishlab chiqariladi. Kimyo sanoatining asosiy mahsulotlari: soda, xlor, oltingugurt kislotasi, mineral oʻgʻit, sintetik kauchuk, plastmassa, smola, kimyoviy tola, dori-darmon, boʻyoq, lak va boshqalar. Binokorlik materiallari ishlab chiqarish, sellyulozaqogʻoz, yogʻochsozlik (ayniqsa, mebel), toʻqimachilik tarmoqlari rivojlangan. Oziq- ovqat (meva va sabzavot konservalari, yogʻ, vino, pishloq) sanoatining ham salmogʻi katta. Asosiy sanoat markazlari: Buharest, Konstansa, Yassi va Timishoara..
  15. 15. Qishloq xoʻjaligiga yaroqli barcha yerlar salkam 15 mln. gektar. Shundan salkam 2,5 mln. gektari sugʻoriladi. Dehqonchilik ustun. Asosiy ekinlari: makkajoʻxori, bugʻdoy, arpa, suli. Texnika ekinlaridan qand lavlagi va kungaboqar yetishtiriladi. Sabzavotchilik, bogʻdorchilik va uzumchilik (asosan, vinobop navlar) rivojlangan. Goʻsht chorvachiligi yetakchi: qoramol, choʻchqa, qoʻy, echki boqiladi. Baliqchilik, parrandachilik, asalarichilik, pillachilik, oʻrmon xoʻjaligi rivojlangan. Qishloq xoʻjaligi mamlakatning oziq-ovqatga boʻlgan ehtiyojini 60% qondiradi.
  16. 16. R.da taʼlim tizimi kuyidagicha: 3 yoshdan 6 yoshgacha boʻlgan bolalar uchun bolalar bogʻchalari mavjud. 6 yoshdan 8-yillik maktabda taʼlimtarbiya beriladi, soʻng 2-yillik litsey boskichi boshlanadi. 10 ylik maktab negizida hunartexnika tayyorgarligi amalga oshiriladi. Litseyni bitirganlar oliy oʻquv yurtida oʻqishni davom ettirishi mumkin. Yirik oliy oʻquv yurtlari: Buharest universiteti (1864), KlujNapoka, Brashov, Krayova, Galats, Yassi, Timishoara shaharlarida untlar, politexnika institutlari va boshqa oʻquv yurtlari bor. R.da Fanlar akademiyasi, Tibbiyot fanlari, Qishloq xoʻjaligi fanlari va oʻrmon akademiyasi, ijtimoiy-siyosiy Fanlar akademiyasi, ularning filiallari va ilmiy tadqiqot institutlari, idoraviy ilmiy tadqiqot institutlari bor. Fanlar akademiyasining kutubxonasi, Markaziy davlat kutubxonasi, Buharest universitetining markaziy kutubxonasi, politexnika institutining kutubxonasi va boshqa kutubxonalar, shuningdek, tasviriy sanʼat, tarix, etnografiya, arxeologiya, yodgorlik muzeylari mavjud.
  17. 17. CHEXIYA
  18. 18. Chexiya (chex. Česko), Chex Respublikasi (chex. Česká republika) – Markaziy Yevropadagi davlat. Maydoni 78,9 ming km². Aholisi 10,51 mln. kishi (2012). Poytaxti – Praga shahri. Maʼmuriy jihatdan 14 oblast (viloyat)ga boʻlinadi.
  19. 19. Chex Respublikasi Česká republika Bayroq Gerb Shior: Pravda vítězí! (Haqiqat g’alaba qozonadi!) Madhiya: Kde domov můj? (Mening vatanim qayer?) Poytaxt Praga Eng katta shahar Praga Rasmiy til(lar) Chex tili Hukumat Parlamentlik Respublika
  20. 20. Prezident Milosh Zeman • Bosh Vazir Petr Nečas Mustaqillik (Chexoslovakiya bo`linishida) • Sana 1-yanvar 1993 Maydon • Butun 78,866 km 2 (116-oʻrin)
  21. 21. Chexiya – suveren, demokratik davlat. Amalddagi konstitutsiyasi 1992-yil 16-dekabrda qabul qilingan va 1993-yil 1-yanvardan kuchga kirgan, 1997-yil 23-oktabrda tuzatishlar kiritilgan. Davlat boshligʻi – prezident (2013-yildan Milosh Zeman), u parlamentning ikkala palatasi tomonidan 5 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organi – deputatlar palatasi va Senatdan iborat parlament. Ijrochi hokimiyat organi prezident tomonidan tayinlanadigan hukumat.
  22. 22. Chexiya hududining katta qismi Chexiya togʻlarida joylashgan. Uning atrofida oʻrtacha balandlikdagi Shumova, Chexiya oʻrmoni, Rudali togʻlar (KrushneGori), Krkonoshe togʻlari (eng baland joyi 1602 m, Snejka togʻi) bor. Chexiya togʻlarining ichki qismi – Chexiya soyligi tepaliklar va ularni ajratib turuvchi past toglardan iborat. Moraviyada ham tepalik va past togʻlar koʻp. Chexiyaning janubiy va markaziy kismida ChexiyaMoraviya qirlari bor. Chexiyada kumir, temir rudasi, grafit, kaolin konlari mavjud.
  23. 23. Iqlimi moʻʼtadil iklim. Gʻarbdan sharqqa va ichki soyliklarda kontinentallashib boradi. Tekisliklarda oʻrtacha temperatura yanvarda –2° dan –4° gacha, togʻlarda –8° dan – 10° gacha, iyulda 19–20°, togʻlarda 4–8°. Yillik yogʻin tekisliklarda oʻrtacha 500–700 mm, togʻlarda 1600–2100 mm. Mamlakatjanubiy va gʻarbida uncha katta boʻlmagan koʻllar bor. Asosiy daryolari – Laba (Elba), Vltava. Togʻ yon bagʻirlari aralash va igna bargli oʻrmonlar bilan qoplangan. Hayvonlardan togʻlarda qoʻngʻir ayiq, tulki, kiyik, yovvoyi echki, tekisliklarda kemiruvchilar, kaltakesak va qushlarning koʻp turlari bor.
  24. 24. Aholisining koʻpchiligi – chexlar (81,3%); slovak, polyak va boshqa ham yashaydi. Shahar aholisi 70%. Rasmiy til – chex tili. Dindorlarning aksariyati katoliklar. Iirik shaharlari: Praga, Brno, Plzen, Ostrava.
  25. 25. Chexiya – industrialagrar mamlakat. Milliy daromadda qishloq xoʻjaligi 5%, sanoat 33%, xizmat koʻrsatish tarmogʻi 61,2% ni tashkil etadi. Sanoatida yoqilgʻienergetika va qora metallurgiya (Ostrava rni), kimyo, mashinasozlik, yengil va oziq-ovqat sanoati rivojlangan. Qoʻngʻir kumir va toshkoʻmir qazib olinadi. OstravaKarvina toshkoʻmir, Shimoliy Chexiya va Sokolov qoʻngʻir koʻmir havzalari, temir ruda konlari mavjud. Yiliga oʻrtacha 58,7 mlrd. kVtsoat elektr energiyasi hosil qilinadi. Asosiy sanoat markazlari – Praga, Plzen, Ostrava, Brno. Qishloq xoʻjaligida, asosan, qand lavlagi, bugʻdoy, javdar, arpa, yemxashak ekinlari, kartoshka va boshqa ekiladi. Bogʻdorchilik va sabzavotchilik rivojlangan, koʻp miqdorda qulmoq (xmel) yetishtiriladi. Goʻshtsut chorvachiligiga asosiy eʼtibor beriladi (choʻchqa, qoʻy, qoramol, parranda boqiladi). Suv havzalarvda baliq yetishtiriladi.
  26. 26. Temir yoʻl uzunligi 9,4 ming km, avtomobil yoʻllari uz. 124,8 ming km. Vltava va Laba daryolarida kema qatnaydi. Asosiy dare portlari – Praga va Dechin. Pragada xalqaro aeroport bor. Chexiya chetga mashina va jihozlar, yengil, shishakeramika sanoati mahsulotlari, kumir chiqaradi. Chetdan neft, gaz, kora metall, isteʼmol mollari oladi. Xorijiy sayyoxlik rivojlangan. Germaniya, Slovakiya, Avstriya, Rossiya bilan savdo kiladi. Pul birligi – chex kronasi.
  27. 27. Chexiya Respublikasi tarixiga nazar tashlaydigan boʻlsak, chex yerlari dastlab IX asr oxirida, bu yerlar birlashgan vaqtdan beri maʼlum. Oʻsha davrlarda Chexiya qirolligi sezilarli darajada kuchga ega edi, lekin diniy konfliktlar (XV asrdagi gusit urushlari va XVII asrdagi oʻttiz yillik urush kabilar) qirollikni barbod qildi. Keyinchalik u Gabsburglar taʼsiriga tushadi va Avstriya-Vengriyaning bir qismiga aylanadi. Chexiyaning davlat sifatida shakllanishi 9-asr ikkinchi yarmiga borib taqaladi. 1526–1918-yillarda Chexiya Avstriya monarxiyasi. I – Jahon Urushidan keyin bu davlatning barbod boʻlishi natijasida Chexiya, Slovakiya va Karpat rusi birlashdilar va mustaqil Chexoslovakiya Respublikasini tuzdilar. Bu voqea Antanta davlatlarining aktiv qoʻllab – quvvatlashi bilan 1918-yil noyabrda yuz berdi. Chexiya Respublikasining 1 – Prezidenti etib Tomash Garrig Masarik saylandi. Bu davlatda yetarli darajada nemis millatiga mansub kishilar istiqomat qilishgan va bu narsa Chexoslovakiyaning qaytadan shakllanishiga sabab boʻldi. Oʻshanda Germaniya 1938-yil Myunxen bitimiga binoan Sudet viloyatini anneksiya qilishga erishdi va bu Slovakiyaning ajralishiga olib keldi. Chexiya hududi esa Germaniya tomonidan 1939-yil okkupatsiya zonasiga aylantirildi(Bogemiya va Moraviya protektoratlari). II – Jahon Urushidan Chexoslovakiya Sovet ittifoqi taʼsiriga tushadi. 1968-yilda Aleksandr Dubchek boshchiligidagi mamlakat liderlarining partiya boshqaruvini liberallashtirishga va " Praga bahori " inqilobi paytida „insoniy shaxs sotsializmini“ qurishga urinishlari Varshava Shartnomasiga binoan armiya hujumlari bilan tugadi.
  28. 28. 1989-yili Chexoslovakiya “ Baxmal “ revolyutsiyasi oqibatida rivojlanishning sotsializm yoʻnalishidan voz kechdi. 1993-yil 1- yanvarda mamlakat tinch yoʻl bilan 2 qismga boʻlindi va Chexiya va Slovakiya mustaqil Respublikalari tashkil topdi. 1918 – 1992-(ikkinchi jahon urushi davridan tashqari) yillarda esa Chexoslovakiya davlati tarkibida boʻlgan. 1969 yil 1- yanvarda rasman suveren davlat sifatida Chexoslovakiya sotsialistik respublikasi tarkibida federativ Chexiya sotsialistik respublikasi (1990 yildan boshlab Chexiya respublikasi) tashkil topgan. 1993-yil 1-yanvardan boshlab Chexiya mustaqil davlat deb eʼlon qilindi; shuningdek shu kundan boshlab Chexiya respublikasi konstitutsiyasi kuchga kirdi. Chexiya suveren, demokratik va parlamentli respublikadir. Davlat boshligʻi prezident. Ikki palatali qonun chiqaruvchi davlat organiga ega. Chexiya NATO va Yevropa Ittifoqi aʼzosi.

×