Anzeige
Anzeige

Más contenido relacionado

Anzeige

Aslonova Nasiba Muxammadovna Italiya.ppt

  1. ASLONOVA NASIBA MUXAMMADOVNA
  2. 1.Geografik o’rni. 2. Tabiiy sharoiti va tabiiy resurslari. 3. Tarixi. 4.Aholisi. 5. Xo’jaligi . 6. Transporti. 7. Xalqaro iqtisodiy aloqalari. 8 Qiziqarli faktlar. REJA:
  3. Italiya maydoni -301,3 ming km2 ni tashkil etadi. Poytaxti Rim shahri. Boshqaruv shakli parlamentar Respublika. Pul birligi yevro. Geografik o‘rni. Italiya rivojlangan davlatlar ichida siyosiy jihatdan o‘z mavqeiga ega bo‘lgan yirik mamlakatdir. Janubiy Yevropada joylashgan mamlakat . Italiyaning bir qismi Yevropa janubidagi Appenin yarimorolida, Alp tog‘larining janubiy yonbag‘irlarida, qolgan qismlari bir qancha kichiki va yirik Sitsiliya va Sardiniya orollarida joylashgan.
  4. Italiya Respublikasi Bayroq Gerb Shior: Repubblica Italiana Italyancha: Italyancha Italiya Respublikasi Madhiya: Il Canto degli Italiani (the Song of the Italians) Poytaxt Rim Rasmiy til(lar) Italyan Hukumat Parlamentlik Respublika • Prezident Sergio Mattarella • Bosh Vazir Giuseppe Conte
  5. Mamlakatning qirgʻoq chizigʻi (7,5 ming km) Apennin yarim orolning janubida pasti-baland boʻlsa, boshqa qismida deyarli tekis. Hududining 4/5 qismi togʻ va qirlardan iborat. Italiyaning shimolida Alp togʻlari joylashgan: Gʻarbiy Alp togʻlari (Monblan choʻqqisi, 4807 m – Italiyaning eng baland nuqtasi)ning yon bagirlari tik. Sharqiy Alp togʻlari (eng baland nuqtasi – Ortles togʻi, 3899 m) asta-sekin pasaya borib, sharqda Karst platosiga tutashib ketgan. Alp togʻlari janubida joylashgan Padan tekisligi sharqda Adriatika dengiziga tomon pasayib boradi. Po daryosining vodiysi botqoqli pasttekislik. Alennin yarim orol boʻylab 1200 km masofada Apennin togʻlari joylashgan. Bir necha soʻngan va soʻnmagan vulkanlar (Amiata – 1734 m, Vezuviy – 1277 m) bor. Italiya orollarining relyefi, asosan, togʻlik, orollarda Etna (3340 m), Stromboli, Vulkano vulkanlari bor. Italiyaning oʻrta va janubiy qismlarida tez-tez kuchli zilzila boʻlib turadi.
  6. Italiya 3 qismga bo‘linadi. 1) materik qismi 2) yarim orol qismi 3) orollar qismi. Materik qismi Italiyaning teriotoriyasini yarmini tashkil qiladi. Maydon jihatidan Yevropada !!! –o‘rinda turadi. Shuningdek, Italiya dunyodagi barcha rivojlangan mamlakatlar ichida maydon jihatdan 12-o‘rinda turadi. Mamlakat g’arbdan Fransiya bilan, shimolda Avstraliya va Shveytsariya, sharqda Sloveniya bilan chegaradosh. Qirg‘oqlarini Terren, Adriatika, O‘rta Dengiz, Ionik, Liguriya suvlari yuvib turadi. Italiyaning dengizdagi chegaralari quruqlikdagi chegaralaridan 4 marta uzun. Italiyaning quruqlik va dengiz chegaralari o‘rtadagi masofaning eng uzog‘i 200-300 km.ga teng.
  7. Italiya – respublika. Amaldagi konstitutsiyasi 1947-yil 22- dekabrda qabul qilingan va 1948-yil 1-yanvardan kuchga kirgan. Davlat boshligi – prezident (1999-yil maydan K. A. Champi). U parlament ikkala palatasining qoʻshma majlisida viloyatlar vakillari ishtirokida 7 yil muddatga saylanadi. Qonun chiqaruvchi organ deputatlar palatasi va senatdan iborat parlament. Ijrochi xokimiyatni Vazirlar Kengashi amalga oshiradi. Prezident Vazirlar Kengashi raisi va uning taklifiga binoan vazirlarni tayinlaydi.
  8. O‘rta Yer dengizida joylashgan uzun geografik o‘rin va joylashishini juda qulay. Bu esa Afrika mamlakatlari, janubiy Yevropa mamlakatlari bilan yaqindan ijtimoiy va iqtisodiy aloqa qilishi uchun juda qulay sharoit yaratadi. Xo‘jalik yurgizish jihatidan ham juda qulay. Shimoliy Italiyaning geografik o‘rni janubiy Italiyanikiga qaraganda ancha qulay, chunki u iqtisodiy aloqalarini quruqlikda ham, dengizda dengiz yo‘llari orqali ham olib borishi mumkin. Siyosiy hududiy jihatdan Italiya 20 ta hudud (provinsiya)dan iborat unitar davlat hisoblanadi. 20 ta provinsiyadan 5 tasi, Sardiniya va Sitsiliya alohida maqomga ega.
  9. Tabiiy sharoti va resurslari . O‘rta Yer dengizi iqlimiga xos subtropik iqlimi bo‘lib, o‘rtacha yillik harorati +15 0 C o‘rtacha yillik yog‘in miqdori 300-500 mm atrofida. Mamlakatning 80% i tog’liklardan iborat. Shimolda Alp tog‘lari joylashgan. Eng baland nuqtasi Monblan tog‘i (4807 m) Alp tog‘laridan janubda Lombardiya tekisligi joylashgan. Asosiy daryolari-Po, Arno, Tibr, o‘rmonlari ko‘p emas. Unda eman, kashtan, qayrog‘och, savr daraxti, qoraqarag‘ay, pixta o‘sadi.
  10. Eng yirik daryosi – Po va uning irmoqlarida kema qatnaydi. Daryolar Italiyaning shimoliy qismida koʻproq. Daryolari yomgʻir, qor va muzliklardan suv oladi. Ulardan sugʻorish va gidroenergiya olishda foydalaniladi. Yirik koʻllari: Garda, Komo, Lago-Majore, Bolsena va b. Ularda kema qatnaydi, sohillarida kurort koʻp. Alp togʻlarining 1800 m balandlikkacha boʻlgan qoʻngʻir- oʻrmon tuproqli yon bagʻrida keng bargli va igna bargli oʻrmonlar, undan yuqoridagi togʻ-oʻtloqi tuproqlarda butazorlar, subalp va alp oʻtloqlari bor. Apennin yarim orol, Sitsiliya va Sardiniya o.larida (tuprogʻi jigarrang) 500–600 m balandlikda doim yashil tosh dub va poʻkak dublari, piniya, halab qaragʻaylari, butalar o’sadi. 1500 m balandlikkacha jigarrang va qoʻngʻir togʻ tuproqli yerlarda dub, qora qayin va kashtan oʻrmonlari, 2000 m dan balandda igna bargli, keng bargli oʻrmonlar, togʻ tepalarida subalp oʻtloqlari bor.
  11. Italiyada toshkoʻmir, bitumli slanets, neft, gaz, qoʻrgʻoshin, pyx, temir rudalari, boksit, oltingugurt va osh tuzi konlari bor. Italiya simob rudasi zaxirasi boʻyicha dunyoda yetakchi oʻrinda. Toskanada marmar qazib olinadi. Maʼdanli va issiq (tempaturasi 100–200°) buloq, koʻp. Iqlimi Oʻrta dengizga xos subtropik, Padan tekisligida moʻʼtadilroq. Alp toglari shimolidan keladigan sovuq shamolni toʻsib turadi. Yozi issiq va quruq. Iyulning oʻrtacha temperaturasi togʻ etaklari va tekisliklarda 20–28°, baʼzan issiq shamol esganda 40–45° ga koʻtariladi. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi Alp togʻlari etaklari va Padan tekisligida 0°, Apennin yarim orol va orollarda 1 – 12°. Sharqiy Alp va Shimoliy Apennin toglari Italiyaning eng seryogʻin (yiliga 3000 mm) joylaridir. Mamlakat ichkarisida yiliga 600–800 mm, Sitsiliya va Sardiniya orollarida 500 mm yogʻin yogʻadi. Alp togʻlarining Italiya hududidagi qismida 800 dan ortiq, muzlik bor.
  12. Tog‘larda Alp o‘tloqlari o‘sadi. Undan tashqari Markaziy va Janubiy Italiya iqlimi juda issiq, ya’ni yozi quruq, qishi esa quruq bo‘ladi. Shimoliy Italiya iqlimi esa biroz salqinroq, qishida 5 0 C bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich boshqa joylarga qaraganda ancha past. Qishda yomg‘ir ko‘p yog‘adi. Lekin shuni ham aytib o‘tish kerakki, Italiyada va umuman Yevropada yer qimirlashlar uncha qattiq bo‘lmasa ham tez-tez bo‘lib turadi.
  13. Italiyada yovvoyi hayvonlar, asosan, togʻlarda uchraydi. Alp va Apennin togʻlarida serna, yovvoyi mushuk, togʻ va oʻrmon suvsari, sassiqkoʻzan, qoʻngʻir ayiq, quyon, tiyin yashaydi. Qushlarning 400 ga yaqin turi, sudraluvchilar bor. Ovlanadigan baliq turi koʻp. Italiyada noyob oʻsimlik, hayvon va geologik obʼyektlarni saqlash uchun qoʻriqxonalar tashkil etilgan. Milliy bogʻlari: Stelvio, Granparadizo, Abrutsso, Kalabriya, Chircheo va b. – jami maydon 200 ming ga.
  14. Aholisi. Italiya Yevropadagi aholisi eng ko‘p va eng zich joylashgan davlatlardan biri hisoblanadi. 2020- yil ma’lumotlariga ko‘ra, Italiyada 60,3 mln kishi istiqomat qiladi. Italiya aholisining milliy tarkibi 98% ni tashkil etadi. Italyanlar diniy tarkibi 98% ni tashkil etadi. Italiyada cherkov garchi davlatdan ajratilgan bo‘lsada, u mamlakatning siyosiy hayotiga aktiv aralashadi va aholining keng doiralariga katta ta’sir o‘tkazib kelmoqda. Italiyaning shimoliy qismida boshqa millatlar yashaydi. - Avstriyaliklar – 279 ming kishi. - Frantsuzlar – 78 ming kishi. - Xorvatlar – 5 ming kishi. Italiyaning janubiy qismida va Sitsiliyada esa albanlar va greklar yashaydi.
  15. Sanoati. Hozirgi vaqtda davlat birlashmalari 20% ishlab chiqarishda sanoat mahsulotning beradi. Ayrim davlat birlashmalari juda yirik. Masalan: Neftni qayta ishlovchi ENI monopoliyasi Yevropadagi yirik mamlakatlardan biridir. Italiyadagi yirik monopiyada FINT 90% avtomobilning ishlab chiqariladi. Uning firmalari Germaniya, Fransiya, Belgiya, Angliyada joylashgan. “
  16. Montedison” firmasi 80% kimyoviy tolani ishlab chiqariladi. Sanoat mahsulotlarning ishlab chiqarilad. Elektr texnika rezinalariga ishlab chiqarish yirik monopoliya Yevropa iqtisodiy hamkorlari va AQSh bilan birlashtirilgan. Italiya xo‘jalik oldi foydasi ko‘proq kichik va o‘rta mamlakatlardagi korxonalari hisoblanadi.
  17. Qora metalurgiya – asosan ko‘p tonna xom ashyo ishlaydi. Asosan port shaharlarda Toronto, Neapol, Genus, Triestya va xokazo shaharlarda rivojlangan. Rangli metal asosan o‘zining xom ashyosi alyuminiy, mis, rux, rutut Sardinyada mamlakatning janubiy sharq teritoriyalarda ko‘p foydali qazilmalar bor. Mashinasozlik asosiy tarmoq bo‘lib, sanoatning 40% mahsulotlarining beradi. Tarmoqda transport mashinachi, (avtomobil kemasozlik) tanksozlik, radiotex, texnologiya elektron jixozlar yuqori o‘rinni egallaydi. Avtomobil ishlab chiqarish To‘rin, Milanda rivojlangan.
  18. Kimyo sanoati: Mamlakatdan keyingi 2 o‘rinda turadi. Neft kimyo, kimyoviy tola, plasmassalar ishlab chiqarish neft kimyo bozorida rivojlandi. Kislotalar ishlab chiqarish, o‘g‘itlar, bo‘yoqlar ishlab chiqarish rivojlangan. Yengil sanoat: to‘qimachilik alohida o‘rinni egallaydi. Paxta va shoyi matolarni tikadi. 1g sanoat mahsulotning beradi. Mamlakat import hisobiga rivojlangan. Oziq -ovqat sanoatida sut, qand, un tortish, tolani ishlab chiqarish rivojlandi. Yog‘, moy, makaron janubda rivojlandi
  19. Qishloq xo‘jaligi. Italiya mamlakatida tovar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirishga e’tibor kuchaygan bo‘lishiga qaramay, ular hamon an’aniviy farq o‘zlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xo‘jalik mahsulotlari bo‘lib qolmoqda. Chorvachilik: 9,2 mln qora mol, 9,1 mln cho‘chqa, 11,1 mln qo‘y mavjud. Sut, go‘sht asosan shimoliy rayonlarda rivojlangan.
  20. Italiya mamlakatlarida tovar qishloq xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish rivojlanishi bilan birga an’aniviy ya’ni o‘zlari uchun iste’mol mahsulotlari ishlab chiqaruvchi notovar xo‘jalik mahsulotlari yetishtirish ahamiyatini yo‘qotgan emas. Qishloq xo‘jaligining asosiy tarmoqlari: donli ekinlar (bug‘doy, makkajo‘xori, sholi) va go‘sht-sut chorvachiligi (shimoliy qismlari), donli ekinlar va uzumchilik, chorvachilik (sharqiy va g‘arbiy qismlar), sut-go‘sht chorvachiligi va donli ekinlar (bug‘doy- javdar, arpa) asosan shimoliy va janubiy qismlari, uzumchilik, mevachilik va sabzavotchilik sharqiy va janubiy qismlari hamda Sitsiliya oroli, tog‘-yaylov chorvachiligi (shimoliy qismlari) rivojlangan.
  21. Transporti: Italiyada transportning hamma turlari rivojlangan bo‘lib, avtomobil, dengiz transporti, quvur transporti, havo transportlari rivojlangan. 30,4 ming km temir yo‘l bor. 14 ming km yo‘l elektrlashgan. Temir yo‘llar shimoliy Italiyada juda zich. Appenin yarim orolida siyrak, shimoliy janbiy sharqdan g‘arbga ketgan. Avtomobil transporti 30 ming km bo‘lib, 22,8 mln. dan ortiq avtomashinalar bo‘lib, 21mln yengil avtomobillar. Dengiz transportlari 9/10 qismi tashqi yuklarni tashiydi. Bosh dengiz porti Geniya, Niapol, Vinetsiya, Trepessi, Spetsiya, Barn. Genuya O‘rta Yer dengizida yirik port hisoblanadi. 500 ming tankerlarni qabul qiladi. Shuningdek, quvur transporti janubiy qismi va Sitsiliya orolida juda zich joylashga. Rekratsion resurslarga boy bo‘lib. Italiyaga har yili 50 mlndan ortiq turistlar keladi. Italiyaning tashqi savdodagi sheriklari: YeH mamlakatlari, AQSh, OPEK mamlakatlari hisoblanadi.
  22. 6 yanvar - Pasxa dushanbasi, 25 aprel - fashizmdan ozod qilingan kun 1-may - mehnat kuni, 2 iyun - respublika e'lon qilingan kun (Rimda parad bilan o'tadi), 15 avgust - Faraz (ferragosto), 1 noyabr - barcha azizlar kuni 5-noyabr, 25-dekabr - Rojdestvo (odatda bu uyda eng sevimli bayram, qarindoshlar va do'stlar bilan o'ralgan). Bundan tashqari, har bir qishloq va shahar o'z avliyosining tug'ilgan kunini nishonlaydi; Rim - Piter, Milan - Ambrose, Turin - Jon va boshqalar. Iyul va avgust oylarida ko'plab firmalar ishni to'xtatib, ta'tilga chiqishadi. Shuningdek, Rojdestvo va Yangi yil.
Anzeige